Siz tinchlikning аskаrlаrisiz!

By Gulrux Muminovа, …, in 2014

Oddiy askar onalariga koʼrsatilgan bunday katta extiromdan boshim koʼkka yetdi,- deydi Buxoro viloyati Romitan tumanidan kelgan Raʼno opa Bozorova. - Uglim Ilhom Hasanov, mana oʼn oydirki, muddatli harbiy xizmatni oʼtamokda.
Yedimda, ilgarilari amakilarimiz armiyadan kaytishini onalarimiz yurak hovuchlab kutishardi. Ularning toʼrt muchasi sog kelishini tilay-talay umidvor boʼlishardi. Bugun oʼgʼlimning qariyb bir yil ichida shijoati kaynok bir yigit boʼlib qolganidan juda xursandman. U kelgusida harbiy boʼlishni orzu qilayapti. Uning niyatlari amalga oshishini, bilimlarini mustahkamlab, Vatan uchun kerakli inson, ona yurtimizning chinakam himoyachisi sifatida xizmat qilishini tilayman.
Tadbir katnashchilari uchun Samarqanddagi tarixiy obidalarga ziyorat uyushtirildi. Sohibqiron bobomiz Аmir Temur haykali poyiga gullar kuyildi.
-Bugun zamon talablariga koʼra professional armiyani shakllantirish yuzasidan keng koʼlamli ishlar olib borilayotir, - deydi Samarqand garnizoni ofitserlar uyi boshligi, mayor Rinat Fathuddinov. - Аskarlarning xar tomonlama dunyoqarashi keng, jismonan baquvvat boʼlib taʼlim-tarbiya olishlari uchun qismlar zamonaviy asboblar bilan jihozlangan, kompьyuter jamlanmalari bilan taʼminlangan. Аskarlarning ota-onalari bilan koʼrishishlari uchun onlayn muloqotlarning ham yulga kuyilayotgani quvonarlidir.
Tadbir davomida «Nuroniy» jamgʼarmasi viloyat boʼlimi, «Kamolot» YoIH viloyat kengashi, shahar hokimligi tomonidan muddatli harbiy xizmatni aʼlo darajada oʼtayotgan askarlar onalariga esdalik sovgʼalari va tashakkurnomalar taqdim etildi.
Shu kuni toʼkin dasturxon atrofidagi davra onalarning dil izhorlari, askar oʼgʼillarning kuy-qoʼshiqlari- yu, yurtimiz tinchligi yoʼlida saʼy-harakat kilayotgan xarbiy xizmatchilarga samimiy tilaklar bilan uygunlashib ketdi.