Yurt ravnaqi yo’lida
Quyi Chirchiq tumanida joylashgan "Oʼzbekiston" qishloq fuqarolar yigʼinida kish boʼlishiga qaramay, dexkonlar faslga mos kay bir yumush bilan bandligini koʼrasiz. Bu yerda kuzgi shudgorlash ishlari yakuniga yetkazilib, bahorgi mavsumiy ishlarning tadorigi ham koʼrib qoʼyilmokda.
- Kishlokda har bir faslning oʼziga - gashti va yumushlari bor, - deydi "Paxtazor" mahallasining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʼyicha maslahatchisi Nurgul Hasanova. Kimdir kuy-sigiriga qarasa. yana kimdir parranda boqib, roʼzgʼoriga koʼmaklashadi. Mahallamizda 737 ta oila istiqomat kilayotgan boʼlsa, deyarli barchasi biror bir tadbirkorlik, ishbilarmonlik bilan mashgul.
Bolalarning boʼsh vaqtlarining foydali oʼtkazishlari uchun ota-onalar xam bizga turli takliflar bilan murojaat etishadi. Ukuvchilarga birinchi sinfdanok, 12 yillik majburiy taʼlimning mazmun-mohiyatini singdirib borishga intilamiz. Oʼquvchilar oʼrtasida "Tengdosh tengdoshga", "Orasta qizlar", "Kitob bizning Dustimiz" kabi bir qator mavzularda uchrashuv va suhbatlar uyushtirilayapti. Mahallam mening uyimdir, deydi "Birlik" mahalla maslahatchisi Maxbuba Boltaboeva.
-Kariyb yetti yildan buyon shu mahallada maslahatchi bulib ishlab kelayapman. Hududimizda yashayotgan har bir fuqaro mening kumakmokdachim, hamkorim hisoblanadi. Hozirgi kunda beshta sektor boʼyicha ishchi gurux bilan hamjihatlikda ish olib boril- Maslahatchilarimiz, xotin-qizlar koʼmitasining boshlangʼich tashkiloti. Kamolot YoIH va "Nuroniy" fondining boʼlimlari bilan birgalikda ishchi guruhi tashkil etilib, tadbirlar rejalarini tuzdik. Shu asosda targibot ishlari izchil yoʼlga qoʼyilgan. Yaqinda respublika "Salomatlik" markazi tashabbusi bilan akusher-ginekologlar va maxalla faollari ishtirokida soglom turmush tarzi mavzusida suhbat oʼtkazildi.
Hududimizda ikkita maktab joylashgan boʼlib, haftaning payshanba kuni "Orasta qizlar" toʼgaragi ish olib boradi, - deydi "Doʼstlik" mahallasi maslaxatchisi Poʼlatxon Jalolova.
- Shuningdek, mahallamiz qoshida "Orasta kizlar davrasi" ham tashkil etilgan. Oʼtgan yilning iyunь oyida tuman miqyosida tashkil etilgan "Orasta qizlar" koʼrik-tanlovi mahallamizda boʼlib oʼtdi. Tadbirda ishtirok etganlar bizning mahalla faoliyatiga havas kilishib, tajriba almashganida xursand boʼldik.
Bir-biriga beminnat yordam berish, koʼmakka muhtoj insonlarni kullab-kuvvatlash fuqarolar oʼrtasidagi ahillikni yanada mustahkamlaydi. Shu maʼnoda mahallamizda faoliyat yuritayotgan "Oʼzbekiston" xususiy firmasi Bandlik dasturini amalga oshirish borasida mahalladoshlarimizga yakindan koʼmak berayotgani, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʼrsatayotgani kuvonarlidir. deydi "Tinchlik" mahallasi maslahatchisi Oynisa Rasulova.
-2005 yilda tashkil etilgan korxonamiz faoliyati asosan aholini salkin ichimlik va mazali muzqaymoqlar bilan taʼminlashga yoʼnaltirilgan, deydi mazkur xususiy firma bosh xisobchisi Dilfuza Rizaeva.
-Vartan Аrutyunov rahbarlik qilayotgan korxonamizda 16 nafar ishchi doimiy, 20 nafari esa mavsumiy ish bilan band. Faoliyatimizni yanada kengaytirish, ish samarasini oshirish maqsadida yangi texnologiyalar keltirilib, hozirda ular oʼrnatilmokda. Jamoamizda Аzizbek Gulomiddinov, Li Leonid, Irina Аxmedova kabi fidoyi, oʼz kasbining ustalari mehnat qilishyapti.