Ishonch – poydevor bo’lsa…

By Gulchexra Аsronovа, …, in 2014

Dilafroʼz qatʼiyat bilan ish tutdi, yangi gʼayrat bilan ishbilarmonlikni davom ettirdi. Endigi faoliyatini doimiy extiyoj bop mahsulot chaqaloqlar kiyimi ishlab chiqarishdan boshladi. Talab va taklif uygunlashdi, tadbirkor qizning ishlari yurishib ketdi. Mahsulotga xaridor tashkilotlar soni kun-kundan koʼpayib bordi. Nihoyat, ikki yil ichida sexda tovarlar assortimenti yaratildi: mahsulotning 60 foizi koʼrpa va yostiq jildlari, 20 foizi kiyim-kechak, 20 foizi esa matrats va yostiqlardan iborat. Bogchalar, kasalxonalar, oʼquv muassasalaridan uzluksiz buyurtmalar tushib turibdi. Hozirda «Dilferuz» qoshida atelьe va ishlab chiqarish sexidan tashqari kelinlar liboslarini ijaraga berish xizmati ham yoʼlga qoʼyilgan. Ishchilarning qoʼli-qoʼliga tegmaydi, tadbirkorning ikki ukasi ham yonida yelkadosh boʼlib, birga mehnat qilmokda. Dilafroʼz esa bir qarasangiz, Namanganda, bir qarasangiz, Toshkentda — talabning kamrovi xam tobora kengaymoqda. Yosh tadbirkorning yangi rejalari shunga yarasha:
-Yangi uskunalar olib, ishchilar sonini koʼpaytirish harakatidamiz, chunki buyurtmalar soni kundan-kunga ortib borayapti. Joyimiz xozircha yetarli, lekin keyinchalik korxonaga yangi bino tiklash niyatim bor. Pishiriqlar sexi ochish uchun ham hamma narsa tayyor, yakinda uniyam ishga tushiramiz, - deydi u.
Demak, yosh tadbirkor erta-indin yana yangi ish oʼrinlarini yaratadi, aholiga xizmat turlari yanada kengayadi. Tadbirkorlikka keng yoʼl ochilgan, ayniqsa, ayol tadbirkorlarga yuksak eʼtibor qaratilayotgan yurtda qatʼiyat va sabot bilan olgʼa intilayotgan Dilafroʼz Umrzoqovaning ezgu niyatlari bir dunyo.