Аyol kаftidаgi nur, u atrofidagilarni, qolaversa, butun jamiyatni yoritishga qodir
Katta va keng yoʼldan oʼtib borar ekanmiz bejirim koʼringan moʼʼjazgina xonadon darvozasi dikkatimizni tortdi. Ichkaridan eshitilayotgan joʼshqin suhbat be- ixtiyor bizni ham jalb qildi. Ke- yinchalik maʼlum boʼldiki, bu xo- nadon darvozasi bugungi kunga qadar 200 nafarga yaqin qando- latchilikka ixlos qoʼygan qizni xam rom etgan va ularning kasb- xunar oʼrganishlariga zamin yaratgan ekan.
- Bu hunarni egallashingiz- ga nima sabab boʼlgan?- deb soʼradik salom-alikdan soʼng biz- ni ochik chexra bilan kutib olgan xonadon bekasi Sobira Elova- Dan. Opa nim tabassum bilan qimtinibgina javob berdi: -Dilbar, oqila bir qoʼshni- miz boʼlardi. Shu ayolning tayyor- -laydigan pishiriqlariga havas bilan qarardim. Keyinchalik oʼzimdagi cheksiz qiziqish shu xunarning etagidan tutishimga sabab boʼlgan.
Ha, dastlab buyurtma asosi- da turli xildagi pishiriqlar tayyorlab, egalariga yetkazgan Buxoro viloyati Buxoro tumani - da istiqomat qiluvchi Sobira Elova 2001 yilda oʼz xonadoni- da kichik ishlab chiqarish sexi tashkil etdi va yakka tadbirkor sifatida koʼzga koʼrina boshladi.
- Pishiriqlar tayyorlashning ham oʼziga xos sir-asrorlari bor, - deydi u kishi atrofini kurshab olgan qizlarga shirin- likka zeb berishni oʼrgatarkan. - Shaxsiy did shakllangan boʼli- shi, turli xildagi dizayn yaratish uchun iqtidor, eng asosiysi, jid- diy diqqat-eʼtibor va hafsala lozim. Kilingan ozgina eʼtibor- sizlik xamai mahsulotning sifa- ti va siyrati buzilishiga olib keladi.
Darhaqiqat, Sobira Elova respublika va viloyat miqyosida- gi biznes trening, seminar va koʼrik-tanlovlarda muvafaqqiyat- li ishtirok etib, sertifikat, diplom va turli darajadagi Faxriy yorliqlar sohibasi boʼlganligi ham uning tirishqoq- ligi va oʼz hunarining mohir ega- si ekanligi namunasidir. Bozorda oʼz oʼrni va mijozlari bor.
- Sobiraning biror kuni yoʼqki, pishirilgan mahsuloti so- tilmay kolsa, — deydi tuman «Tadbirkor ayol» uyushmasi rai- si Maxbuba Shodieva. - «FOND Forum >> hamda «Mehr nuri» jam - garmasining «Eng yaxshi tadbir- kor» koʼrgazmasida muvafaqqiyat- li qatnashdi. 2007 yilda «Tad- birkor ayollar uchun oilaviy grantlar>> loyihasida ishtirok etib, sovrindor boʼldi. Sex uchun turli xildagi uskunalar sotib oldi va ish joyini kengaytirdi. Kaniydi, boshqa ayollarimiz ham unga oʼxshab el koriga yaraydigan, kobil farzandlar tarbiyalab, oʼzining va atrofidagilarning mazmunli va farovon yashashlari- ni taʼminlay olsa.
Sobira opaning aytishicha, xozir undan hunar sirlarini oʼrganayotgan qizlar ham bir-bi- ridan iktidorli va qiziquvchan. Umida Xusenovadagi tirishqoq- lik, Feruza Bafoevaning aytil- gan fikrni bir martada ukib olish xislati, Munavvar Gadoe- va, Mohinur Kilichovaning kunt bilan oʼrganishlari uning yanada gayrat bilan ishlashiga kuch-quv- vat bagishlayotgan ekan.
Yetilgan xamirni chaqqon-chaq- kon harakatlar bilan mayda zu- valalarga ajratayotgan qizaloq- dan bu yerga kanday kelib qolga- nini soʼradik. «Oyimning tugʼil- gan kunlarida dadam tort olib keldilar. Juda chiroyli va xush- taьm ekan. Ulardan shirinlikni kim pishirganini soʼraganimda, narigi mahallada istiqomat qiladigan Sobira opa tayyorlab berganini, xohlasam meni ham u kishiga shogird tushishim mum- kinligini aytdilar. Boʼsh vaqt topdim deguncha bu yoqqa chopaman. Chunki yangi xildagi pishiriqni oʼrganishim menga zavq beradi. Kelgusida Sobira opamga oʼxsha- gan oʼz xunarining mohir egasi boʼlmoqchiman», deya javob berdi u.