Hunarmandlar oilasi.
Xotin-qizlarimizning egnidagi milliy hunarmandchilik namunalari asosida tikilgan liboslar xar kanday kishi eʼtiborini oʼziga tortadi. Doʼppi, soʼzana, paryostiq jildlarida jilolangan ipaklar hunarmandar koʼlida saykal topgan.
Shaxrisabzlik Oyjamol Sattorova oilaviy tadbirkor- lik bilan shugullanib kelayotgan hunarmand ayollardan biri. U faoliyat yuritayotgan "Yangi Kesh" bozori qoshidagi Moʼʼjazgina tikuv sexi doimo mijozlar bilan gavjum. 38 yildan buyon tikuvchilik ortidan obru topgan Oyjamol Sattorova farzandlari, kelinlariga ham bu ajoyib xunar- ning sir-asrorlarini oʼrgatdi. Oʼgʼillari Sanjar va Sar- var mebelsozlik bilan shugʼullanayotgan boʼlsa, kashtachi- likda kizi Nilufar, Feruza va kelini Sofiyaxonlar koʼhna shaharda dovrug qozonishgan.
Mahsulotlarimiz nafaqat hamshaharlarimizning, balki Shaxrisabzga tashrif buyuradigan xorijlik sayyox- larning ham eʼtiborini tortayotganidan xursandmiz, deydi Oyjamol Sattorova. - Chunki ular uchun bizning milliy xunarmandchilik namunalarimiz nihoyatda kadrli va
eng aziz sovgʼa sanaladi.