Inson huquqlаri oliy qаdriyat
Mustaqillik yillarida bizning Mamlakatimizda ham insonparvar de- mokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyati institut- larini shakllantirish bilan boglik izchil islohotlar amalga oshirib ke-
linmokda.
Prezidentimiz Islom Karimov BMT Bosh Аssambleyasining ming yillik r vojlanish maqsadlariga bagʼishlangan oliy darajadagi yalpi majlisida istiq- lol yillarida yurtimizda inson huquqla- ri eng oliy qadriyat sifatida tan olin- ganini, jamiyatda har bir shaxsning er- kin va farovon yashab, munosib turmush tarziga ega boʼlishi taʼminlanayotganin aniq dalillar bilan isbotlab berdi.
Birgina misol, farzandlarimizni
ertangi farovon hayot sari eltuvchi eng asosiy yul bu — mukammal bilim olish va kasb-xunar egallashidir. Bosh qomu- simizning 41-moddasida, "Har kim bi- lim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼ- lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir", deya belgilangan. Istiqlol yillari mo- baynida bilim olishning barcha xukukiy asoslari yaratildi. 1997 yilning 29 av- gustida Oʼzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʼgʼrisida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", 2000 yil 2 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining- "Voyaga yetmaganlar ishlari boʼyicha komis- siyalar faoliyatini takomillashtirish toʼgʼrisida"gi, 2004 yil 9 iyulda "2004- 2009 yillarda maktab taʼlimini rivoj- lantirish Davlat umummilliy dasturi- ni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarorlari va boshqa qonu hamda qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuqoridagi fikrlarimiz tas- digidir. Аmaldagi qonunlarga muvofiq fuqarolar jinsi, tili, irqiy va milliy mansubligi, eʼtiqodi, xizmat turi, ij- timoiy kelib chiqishi hamda mavqei, tu- rar-joyi, Oʼzbekiston hududida qancha Vaqt yashaganligidan qatʼiy nazar, bilim olishda teng huquqlidirlar. Mamlakati- mizda istiqomat qilayotgan, fuqaroligi boʼlmagan shaxslar ham bu borada Oʼzbe- kiston Respublikasi fuqarolari bilan teng xukukka egadirlar. Аyni paytda res- publikamizning eng chekka hududlarida ham zamonaviy maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar kad ro- stlagan. Ularni tamomlagan yoshlar poy- taxtimiz va viloyatlar markazlaridagi oʼzlari istagan oliy taʼlim muassasala- rida oʼqishni davom ettirishlari mumkin.
Yurtboshimiz rahnamoligida Vatani- mizda yoshlarning chuqur bilim olishla- ri, kasb-xunar egallashlari, sportning oʼzlari istagan turi bilan shugʼullanish- lari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan