Ogohlik – davr ko’zgusi
Odam savdosi narkotrafik, kurol-yaroq savdosidan keyin eng serdaromad jinoyat soxasi sifatida xalqaro hamjamiyatni tashvishga so
lib kelayotgan muammolar- dan biridir. Xalqaro eks- pertlarning baholashicha, xar yili dunyo boʼyicha 600 mingdan 800 mingtagacha ayol- lar va yosh bolalar odam sav- dosi kurboniga aylanmoqda. Ushbu jinoyatdan jabrlan- ganlarning umumiy soni yi- liga dunyo boʼyicha 2mln. 700 ming nafarni tashkil etib, undan kelib tushadigan yillik daromad oʼrtacha 7 milliard АQSh dolla- riga tengdir.
Odam savdosi oʼz domi- ga asosan yoshlar va ayol- larni tortmokda. Shu sa- babli uni xalqaro hamja- miyat inson, oila, jamiyat
farovonligiga xavf tugʼdiruv- chi akt sifatida baholagan Unga qarshi kurashish fuqaro- lik xukukiy demokratik dav latlar oldida turgan birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi.
Maʼlumki, keyingi yillar- da bizning mamlakatimizda ham ishonuvchan, sodda va eng achinarlisi, bir zumda boyib ketishni orzu qilib, oqibatda aldanib qolayotgan fuqarolar- ni har xil yoʼllar bilan chet Davlatlarga olib chiqib ketish xolatlarini kuzatish mumkin. Oxirgi toʼrt yarim yilda res- publikamizda 3 ming nafardan ortik shaxs odam savdosi bi- lan bogʼliq jinoyatlardan jabrlanganligi aniqlangan. ularning 2 ming 361 nafarini erkaklar, 878 nafarini ayol- lar, 138 nafarini voyaga yetma- ganlar tashkil etgan.
Ichki Ishlar Vazirligining rasmiy maʼlumotiga koʼra, Oʼzbekistonda 2008 yilning oʼzida ushbu jinoyatdan jabr- langanlar 2941 kishini tashkil etib, ulardan 2617 tasi erkak- lar va 324 tasi ayollar boʼlgan. Shundan 65 tasi voyaga yetmagan- lar boʼlsa, 1022 kishini 18 yoshdan 25 yoshgacha boʼlgan fuqa- rolarimiz tashkil etgan.
-Odam savdosi jinoyati kurbonlarini koʼpgina hollar- da majburiy mehnat yoki xiz- mat koʼrsatish uchun Birlashgan Аrab Аmirliklari, Tailand, Turkiya, Hindiston, Isroil, Malayziya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Kosta-Rika va boshka davlatlarga yuborilayotganini kuzatish mumkin. Bu jinoyatlar aksariyat hollarda jinoiy uyushmalar va uyushgan guruhlar tomonidan, shuningdek, max- fiy holda hujjatlarni qal- bakilashtirish orqali sodir
etilmokda. Bu kabi jinoyatlarning ol- dini olish va unga qarshi kura- shish maqsadida hukumatimiz tomonidan qator ishlar amal- ga oshirilmokda. Jumladan, 2008 yil 17 aprelda eʼlon qilingan "Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Konuni, 2008 yil 8 iyuldagi Oʼzbekiston Respublikasi Pre- zidentining "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorli-
gini oshirish chora-tadbirlari toʼgrisida"gi qarori bilan ushbu jinoyatga qarshi kurashishni samarali tashkil etish maqsadida 2008-2010 yillar- ga moʼljallangan Milliy reja ishlab chiqilgan.
Ushbu jinoyatning oldini olishda fuqarolarning oʼzini- oʼzi boshqarish organlari va boshlangich xotin-qizlar tash- kilotlari faoliyati muhim oʼrin tutadi. Bugungi kunda fu- karolar yigʼinlarida mahalla axli, ayniqsa, yoshlar oʼrtasida Huquqbuzarliklarning oldini
olish, xotin-qizlarning Huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy xayotda, oilada maʼnaviy-axlo- qiy muhitni shakllantirish, soglom turmush tarzini targʼib etish, yosh avlodni tarbiyalash- ga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Joylardagi mahalla insti- tutlari orqali xotin-qizlar- ni bu turdagi jinoyatlar sodir etilishi yuzasidan oldindan xabardor qilish, uning salbiy oqibatlari haqida huquqni mu- hofaza qiluvchi organlar xo- dimlari ishtirokida oʼtkazila- yotgan uchrashuvlar, shuningdek, mahalla fuqarolar yigʼinlari, ichki ishlar organlari va bosh- langich xotin-qizlar tashkilot- lari tomonidan mahallalarda yashovchi yengil tabiatli ayollar yoki nosoglom muhitda yashayot- gan, voyaga yetmagan qizlarga nisbatan nazoratni kuchayti- rish boʼyicha koʼrilayotgan chora- tadbirlar ijobiy natija be- rayotganini taʼkidlash zarur. Shu oʼrinda asosan maktab, li- sey va kollejlarda olib bo- rilayotgan profilaktik tushun- tirish ishlarini yanada jon- lantirish lozimligini taʼkid- lashni istardik. Odam savdo- siday mudhish jinoyatga qarshi milliy darajada, hamjihatlik bilan kurash olib borilganda- gina, uning zararli oqibatla- rini bartaraf etish mumkin boʼladi.