Yurt qiyofasi
Ulug istiqlolimiz, eʼtirof etish kerakki, har bir oʼzbekistonlik fuqa- roning qalbida chuqur ildiz otgan boy maʼnaviy fazilatlarni qayta jonlantirdi. Аna shunday ajoyib fazilatlardan biri mardlikdir.
Mardlik, mardlar kasbi... Hamma davrlarda ham ulugʼlanib kelingan. Mustaqillik bu tushunchalarga qayta іng berdi, jilo berdi. Аyniqsa, aj- dodlar anʼanalarini davom ettirish- ga choglangan Vatan himoyachilarida bu fazilat yangicha mazmun-mohiyat bilan boyimokda.
Shunday hikmat bor: mol-davlating- dan ayrilsang, koʼp narsa yoʼqotmaysan, nomusingdan ayrilsang, ancha narsa yoʼqotasan, lekin mardligingdan ayril- sang - hamma narsangdan mahrum boʼla- san..
Vatan oldidagi muqaddas burch, mardlik va jasurlik haqida soʼz ketar ekan, beixtiyor shu paytgacha yozgan ijo- diy ishlarimga mavzu boʼlgan muddatli harbiy xizmatchilar birma-bir xayolim- dan oʼtadi.
...Kumqoʼrgʼonlik oddiy askar Maʼruf Haydarov Prezidentimiz Farmoniga binoan «Shuhrat» medali bilan takdirlandi. Tungi soqchilikda turganda xushyorlik, sergaklik namunasini koʼrsa- tib, tartibbuzarni qoʼlga oladi. Kar- shilik koʼrsatmoqchi boʼlgan gʼaraz niyat- li kimsa armiyada qoʼl jangini oʼrgan- gan, eng muhimi, yuragida Vatanga mu- xabbatdek ulkan kuchni asrab kelayotgan oʼgʼlonimizga bas kelolmadi...
Buxorolik oddiy askar Sanjar Mir- zaev ham davlatimiz rahbari Farmo- niga koʼra, «Jasorat» medali bilan taq- dirlangan. Chegarada turganda sarxad- larimizga noqonuniy ravishda suqilib kirmoqchi boʼlgan kimsa mardlikdek be- qiyos kuroli bor yigitga duch kelishini tush koʼribdimi? Qoidabuzarni qoʼlga olish jarayonida Sanjar yaralandi. Shunda ham mardlik namunasini koʼrsa- tib, oʼz burchini sharaf bilan ado etdi...
EЪTIBOR VА
EHTIROM
Bugun milliy armiyamizning oʼziga xos kiyofasi, yaʼni avvalgi armiyadan farqi xususida gap ketsa, hech ikkilan- may oʼrtadagi ulkan tafovutni mashaq- katli sinovlarni yelkasiga olgan, de- makki, Vatan yukin koʼtarib yurgan harbiylarga boʼlgan yuksak eʼtibor va ehti- rom-da, deb baralla ayta olamiz.
...Oʼtgan yildan boshlab shartnoma asosida xizmat qilayotgan chegarachi yi- git bilan suhbatlashib qoldim.
... Kishlokda yashayotgan bir sinfdo- shim oʼgʼliga turnik, brus qurib berib- di. "xa, sportchi tayyorlayapsanmi?", de- gan savolimga u: "Kelajakda harbiy boʼlaman, shugʼullanishim kerak", deb turib oldi. Uy yumushlaridan qoʼli boʼshadi, deguncha oʼqiydi, jismoniy tar- biya bilan shugʼullanadi. Аdashmasam, turnikda 15 tagacha tortilyapti», deya javob berdi.
Maqsadning, orzuning ulugʼligini qarang-a. Oʼgʼil bola hozirdanoq yurt po- sboni boʼlsam, deydi. Bu yoshlarimiz- ning Oʼzbekistonning ertangi kuniga
ishonchidan.
Hamqishlogʼim Аhror Qalandarov- ning onasi Bibisora opa mendan soʼrab koldi: "Toshkentda harbiy-tibbiyot fa- kulьteti ochilganmish. Bilasan, oʼgʼlim tibbiyot akademiyasida oʼqiyapti. Halit- dan shu fakulьtetga oʼqishga kiraman, deb yuribdi. Bu taʼlim dargohiga ki- rib oʼqishi uchun qanday tayyorgarliklar kerak, oʼzi?".
Ona uglining kelajagi uchun qaygʼu- rishi, ayniqsa harbiy boʼlishini ista- shi meni kuvontirdi. U kishiga bu xakda bilganlarimni aytdim, yoʼl-yoʼriq ber- dim. Oʼzbek ayoli-da, oʼgʼlini oʼssin, ulgaysin, jamiyatga nafi tegadigan in- son boʼlsin, deydi. Bunday misollarni kuplab keltirish mumkin. Bu jamiyatda harbiylik kasbiga munosabat oʼzgarga- nidan. Bugun fuqarolarimiz harbiylik deganda sharafli, faxrli bir kasbni tushunishayotganidan.
Yurtni obod qilish istagi bilan yonib yashayotgan, qalbi yaratuvchanlik, bunyodkorlik tuygʼulari bilan toʼlib- toshgan insonlarni koʼrib savol tugi- ladi: Bunday kuchni, kuvvatni odamla- rimiz qaerdan olyapti? Mening javo- bim shunday: ozod va obod Vatanimiz qiyofasidan..
Oʼzbekistonimiz qiyofasi esa takdi- rini, baxtini shu Vatanda deb bilgan insonlar aqlu zakovati, kuchi, gʼayrati bilan tanib boʼlmas darajada oʼzgarib bormokda.