Shohsupadagi qiz

By Shaxlo Abdusaidova, …, in 2012

Sport bilan shug‘ullangan kishi kuchli, epchil, bakuvvat bo‘ladi. Kizlarni zaifa deb biluvchilar endilikda biroz adashadilar. Negaki, bugungi kunda sportning eng murak- kab turi bilan shug‘ullanayotganlar orasida ham xotin-qiz- lar ko‘pchilikni tashkil etadi. Armresling sporti bo‘yicha Osiyo chempioni Dilorom Rahimova haqidagi hikoyamizni o‘qib, o‘zingiz ham shunday xulosaga kelsangiz ajab emas.
...Dilorom 1988 yil 21 martda Guliston tumanidagi Boyovut jamoa xo‘jaligida ta- vallud topgan. U tumandagi 6- umumta'lim maktabini tamom- lagach, Sirdaryo pedagogika kol- lejiga o‘qishga kirdi. Bolali- gidan xar xil sport turlariga
qiziqishi baland bo‘lgan bu chaq- kon kiz bilim yurtida tahsil olish jarayonida ham o‘zi uchun sevimli mashg‘ulot topa oldi. Uning kursdoshi Dilshod bir necha yildan buyon sportning ar- mresling yo‘nalishi bo‘yicha shu- gullanardi. Qahramonimiz mashgulot jarayonini kuzatar ekan, ushbu sport turi unga ma'- kul tushdi.
Dilorom asta-sekin shahar, viloyat miqyosidagi musobaka- larda ishtirok eta boshladi va 2006 yili viloyat birinchili- gida faxrli o‘rinni olgach, res- publika chempionatiga yo‘llan- mani qo‘lga kiritdi. U yerda ham viloyat sha'nini munosib himoya qilib, III o‘rinni egalladi.
Dilorom ham o‘ng qo‘li, ham chap ko‘li bilan jang qilishga odatlangan. Mashg‘ulot payti da ikkala qo‘lini baravariga ishlatib, muvozanatni saqlay- di, kuchlarning tengligiga amal qiladi. Armresling bi- lan shugullanuvchilarning ba'- zilari yo o‘ng, yo chap qo‘lini chi- niqtiradi.
- Mashg‘ulot paytida qiziq- qiziq voqealar ham bo‘lib tu- radi,- deydi Dilorom Rahi- mova. - Masalan, ayrim o‘g‘il bolalar kelib, "Bu qiz yengil toshni qo‘lida ko‘tarayapti" deb, pisand qilishmaydi. Toshni o‘zlariga tutqazsam, oyoqlarida zo‘rg‘a turishadi. Bu sport turi insondan katta kuch talab qila- di. Ko‘pchilik havaskorlar bir- ikki oyga qolmasdan, mashg‘u- lotlarni to‘xtatadi...
Kaxramonimiz o‘tgan yili Kozogiston respublikasining Ust-Kamenogorsk shahrida 15 ta davlatning 350 nafar sportchi o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chem- pionatida ishtirok etdi. U yerda yurtimiz sharafini muno- sib himoya qilgan armresling- chilar 7 ta oltin, 10 ta kumush va 13 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. Dilorom o‘ng ko‘l jangi bo‘yicha oltin medal- ga sazovor bo‘ldi. Chap qo‘l bo‘yi- cha o‘tkazilgan bahslarda esa o‘rin olishdan deyarli umidi- ni uzgan edi.
-
Goliblarni takdirlash marosimida qizlar o‘rtasida chap ko‘l bo‘yicha 55 kilogramm vazndagilar nomi e'lon qili- na boshladi. Bir payt qarasam, yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilyapti. Bilamanki, Vatanimiz vakila- lari orasida shu vazn bo‘yicha faqat men jangga chiqqan edim. Atrofimda turgan do‘stlarim- ga bir-bir qarab, vaziyatni tu- shunganday bo‘ldi. Ism-sharifim va mamlakatimiz nomi ba- ralla yangraganidan so‘ng, umi- dim kaytadan jonlanib ketdi, - deya hayajonlanib so‘zini da- vom ettirdi u. - O‘ng qo‘l bo‘yicha ham sovrindorlar nomini e'lon kilish jarayoni bir umr yodimdan chiqmaydi. Madhiyamiz maydon bo‘ylab yangragani zaxoti kuloklarim ostida ham ja ranglaydi. Har kuni yurtingda eshitgan madhiyang boshqa-yu, o‘zga yurtda yangragani boshqa ekan-da.
Dilorom o‘tgan yildan boshlab o‘yinchi-trener sifa- tida viloyat xalq ta'limi bosh- qarmasiga qarashli "Yosh sport- chilarni tayyorlash" markazida faoliyat olib bormokda. Bi- rinchi murabbiysi Farhod aka, Bahodir aka va jahon chempio- ni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Umidjon Ahmedovdan o‘rgangan barcha sir-asrorlarni shogirdlari- ga o‘rgatmokda. Hozirda uning o‘ttizga yaqin izdoshlari bo‘lib, viloyat, respublika va xalka- ro mikyosda faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Jumla- dan, Parvina va Nasiba Sha- ripovalar ustozlarining mex- natini besamar ketkazishma- di.
16 yoshidan boshlab shu sport turiga mehr qo‘ygan Dilorom Raximova kelgusida rahmatli dadasi Abbos akaga o‘xshab har- biy-sportchi bo‘lishni istaydi. Onasi Salima opa oltinchi farzandi Dilorom sport yo‘li- ni tanlaganidan sira afsus- lanmaydi.
"Olga!". Bu shiorga qahramo- nimiz Dilorom Rahimova har Doim amal kiladi. Yagona or- zusi - jahon chempioni bo‘lish!