Yuz ming dollarlik muruvvat yordami
"Soglom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi "Mustahkam oila yili"da bolalar salomatligini tik- lash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan bir necha ham- korlik loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirgan.
2011 yilning 29 avgustь kuni
"Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi va Koreya- ning "Save the Children" tashki- loti kelajakdagi hamkORLIKNI kengaytirish yuzasidan bitim imzolagan edi. Kelishuvga bi- noan, "Save the Children" xayriya tashkiloti Toshkent pediatriya klinikasiga muruvvat yordami sifatida qiymati 100000 AQSh dollariga teng tibbiyot anjom- lari, asbob-uskunalar, dori- darmonlar, yuragida tug‘ma nuq- soni bor bolalarni operatsiya kilishda ishlatiladigan 200 dona oksigenator va zaruriy vositalarini yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan.
2011 yil 1 oktyabrda "Sog- lom avlod uchun" xalqaro xay- riya jamg‘armasiga dastlabki 50 dona oksigenator va uning zaruriy vositalari keltiril- di. 2012 yilning fevralь oyi- da esa operatsiya va reanimatsiya xonalari uchun maxsus za- monaviy tibbiyot jihozlari olib kelinishi kutilmoqda.
Jamg‘arma hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan ruyxatga muvofiq, Toshkent pediatriya klinika- sida 2011 yil 23 oktyabrdan beri yuragida tug‘ma nuqsoni bor 16 nafar bola operatsiya qilindi.