Oila – sud himoyasida
Yurtboshimiz 2012 yilni "Mustahkam oila yili" deb eʼlon qilganida, avvalo, xalqimizning azaliy qadriyatlarini ino- batga olgani shubhasiz. Bu tamoyil Konstitutsiyamizda ham mus- tahkamlab qoʼyilgan boʼlib, jumladan, 63-moddada oila jami- yatning asosiy boʼgʼini ekani, jamiyat va davlat muhofazasida boʼlish huquqiga egaligi alohida taʼkidlangan. Oila kodeksi ham onalik, otalik va bolalikni muhofaza qilish boʼyicha kons- titutsiyaviy meʼyorlarga asoslangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi "Sudlar tomonidan nikohdan ajratish- ga oid ishlar boʼyicha qonunchilikni kullash amaliyoti toʼgʼrisida"gi qarori- da sudlarga oilani mustahkamlash, er- xotinlar va farzandlarning qonun bi- lan qoʼriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, nikohdan ajratish haqidagi ishlarni koʼrishda eʼtiborni kuchaytirish majburiyati yuklatilgan.
Oila kodeksining 40-moddasi tala- biga koʼra, nikohdan ajratish haqidagi ishlar sudda er yoki xotinning ariza- siga binoan koʼriladi. Bunda, avvalo, er-xotinni yarashtirish va oilaviy va- ziyatni soglomlashtirish eʼtiborga oli- nishi lozim. Sud taraflarning yoki ulardan birining iltimosiga yoxud oʼz tashabbusiga koʼra ishning koʼrilishini boshqa vaqtga qoldirib, er-xotinga yara- shish uchun olti oygacha muhlat belgilash- ga haqli. Oilani saqlab qolish maqsa- dida ikkinchi marta yana olti oygacha muxlat berilishi mumkin.
Fuqarolik ishlari boʼyicha Toshkent viloyati sudi nikohdan ajratish haqida- gi ishlarni koʼrishda ushbu tamoyillar- ga asoslanib, Toshkent viloyati, tuman va shahar xotin-qizlar qoʼmitalari bi- lan xamkorlikda faoliyat yuritmokda. 2011 yil davomida 3781 ta (2010 yili 3721 ta) nikoxdan ajratish toʼgʼrisida- gi ish koʼrib chiqilgan boʼlib, 2091 tasi buyicha daʼvo arizalar qanoatlanti- rilgan. Qolgan 1690 ta murojaat boʼyi- cha esa yetarli asoslar boʼlmagani sa- babli daʼvo talablari rad etilgan yoki er-xotin yarashib olgani bois ishlar xarakatdan toʼxtatilgan.
Sudьyalarimiz imkoni boricha oila- larni saqlab qolishga va yetarli asos- larsiz nikoxdan ajratishga yoʼl qoʼymas- likka intiladi. Oilaning barbod boʼli- shi sabablari aniqlanib, er-xotinning noloyik xatti-harakati hamda oilaning parokandalikka yuz tutishiga taʼsir kilgan boshqa shaxslar ustidan alohi- da ajrimlar chiqarilayapti, tarbiyaviy xarakterga ega choralar koʼrilayapti,
Fuqarolik ishlari boʼyicha Toshkent viloyati va tumanlararo sudlari 2011 yil davomida 1064 ta (2010 yili 834 ta) ish boʼyicha er-xotinga yarashib olish uchun 6 oygacha muhlat bergan. 330 ta xu- susiy ajrimlar chiqarilib, oilaviy kelishmovchiliklarni hal etishga koʼmak- lashish uchun er-xotinning ish, oʼqish yoki yashash joyidagi xotin-qizlar qoʼmita- lariga, mahalla fuqarolik yigʼinlari -- ga junatilgan.
Oila va nikoh mavzusida aholi ora- sida 11 ta davra suhbati uyushtirildi. Matbuotda 3 ta maqola chop ettirilib, radio orkali 1 marta chiqish qilindi. 43 ta sayyor sud majlisi oʼtkazildi. Na- tijada, koʼplab er-xotinlarni yarashti- rishga va oilalarni saqlab qolishga erishildi. Masalan, daʼvogar Nargis Norboeva Аnvar Erkaboevga nisbatan nikoxdan ajratish toʼgʼrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan edi. 2011 yil 11 yanvardagi ajrimga asosan taraflarga yarashib olish uchun 6 oy muxlat berildi. Koʼrilgan chora- tadbirlar oʼz samarasini berdi. Daʼ- vogar Nargis Norboeva sudga ariza bi- lan murojaat qilib, turmush oʼrtogʼi bilan yarashib ketgani, hozir birga yashayotgani bois daʼvo arizasidan voz kechishini bildirgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorining talablariga aso- san, oiladagi vaqtinchalik kelishmov- chilik, tasodifiy sabablarga koʼra ke- lib chikkan nizolar, er-xotindan biri- ning yoki ikkovining oilaviy munosa- batni davom ettirishni hohlamasligi nikoxni bekor qilish uchun yetarli asos boʼla olmaydi. Masalan, daʼvogar Bax- tiyor Zoitov javobgar Dilnoza Zoito- vaga nisbatan nikohdan ajratish toʼgʼri- sidagi daʼvo ariza bilan murojaat kilgan. Sud er-xotin 2008 yili qonuniy nikoxdan oʼtib turmush qurgani,
oʼrtada 1 nafar voyaga yetmagan farzand borligi, javobgar oilasini saqlab qolmoqchiligini eʼtiborga olib, 2011 yil 11 apreldagi hal qiluv qarori bi- lan daʼvo arizani haqli ravishda rad kilgan.
Oila kodeksining 42-moddasiga koʼra, voyaga yetmagan bolalari yoʼq er- xotin nikoxdan ajralishga oʼzaro rozi boʼlsa, sud ish yuritishni tugatib, ta- raflarga FHDYo organiga murojaat
qilish huquqini tushuntirishi lozim. Masalan, daʼvogar Joʼrabek Ergashev javobgar Gulnora Ergashevaga nisba- tan nikoxdan ajratish toʼgʼrisidagi daʼ vo qoʼzgʼatgan. Sud majlisida yuqorida- gi xolat aniqlangani bois xuddi shu tar- tibda ish tutildi.
Oila kodeksining 39-moddasiga binoan, er xotinining homiladorlik vaktida va bola tugʼilganidan keyin bir yil mobaynida uning roziligisiz ni-- koxdan ajratish toʼgʼrisida ish qoʼzgʼa- tishga haqli emas. Ushbu qoida bolaning otasi deb qayd etilmagan, bola oʼlik tugilgan yoki bir yoshgacha yashamay vafot etgan xollarga ham tatbiq qilinadi.
Daʼvogar Umid Rahimov javobgar Zilola Raximovaga nisbatan nikoxdan ajratish toʼgʼrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud maj- lisida ular 2009 yilning oktyabr oyi da konuniy nikohdan oʼtib turmush qur- gani, oilaga qaynona — erning onasi aralashgani uchun oʼzaro kelishmay qolishgani, daʼvogar javobgarni homi- ladorlik vaqtida 2010 yilning mart oyida urib haydagani, 5 oydan beri birga yashashmayotgani, hozirda xotin- ning v oylik homilasi borligi va ni- koxdan ajralishga noroziligi aniqlan- di. Shunga asosan sud ajrimi bilan ish yuritish tugatildi.
Yana koʼplab holatlarda er-xotin oʼzaro yarashib olib, sud majlisiga kel- masligi daʼvo arizasini koʼrmasdan qoldirishga asos boʼlmoqda. Shu maʼno- da mahalliy hokimiyat organlari, xo- tin-qizlar qoʼmitalari, qishloq va ma- xalla fuqarolar yigʼinlari bilan ham- korlikni yanada kuchaytirish nihoyatda muhim. Zero, bizning asosiy maqsadi- - miz oilalarni mustahkamlash, sogʼlom muhitni vujudga keltirish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda oila aʼzolarining, ayniksa, voyaga yetmagan bolalar va mehnatga layoqatsiz fuqa- rolarning manfaatlarini himoyalashdir.