Qo’rg’onda qadringiz bo’lsin!

By Nigora Oʼrolovа, …, in 2012

Oqqoʼrgʼon tumanidagi Sulton Segizboyev mahallasi ahli Mukarram opa Gulomovani fidoyi murabbiylardan biri sifatida kadrlaydi. Bugungi kunda ustoz pensiyada boʼlsada, baribir koʼpchilikka nafi tegayapti. Eng qizigʼi, yosh oila bekalari va endigina oila qurish niyatida yurgan yigit-qizlarga ham u kishi beminnat maslahatchi, qoʼlidan kelgunicha yoʼl-yoʼriqlar koʼrsatadi, toʼgʼri yoʼlga boshlaydi. Opa bilan suxbatlashsangiz, boshidan kechgan garoyib voqealarni eshitib, hayratga tushasiz.
- Аytsam kulmaysiz-da, xoʼpmi? Bir kuni men ishlaydigan tashkilotdan iktidorli yosh kizlarni saralab, ichki ishlar xodimlari bilan birga xorda koʼshiq ay- tish uchun poytaxtga olib borishdi. Oʼshan- da sochlarim tovonimni oʼpgani bois or- qaga bitta qilib oʼrib olganman. Bizning galimiz kelgach, sahnaga chikdik. Shu payt sochim bir yigitning kostyumi tugmasiga ilinib kolsa boʼladimi?! Har qancha urin- mayin, chiqara olmayman-da. Ikkimiz ham bu kutilmagan holatni tomoshabinlarga sezdirmaslikka harakat qildig-u, lekin biribir payqaganlar bizlarga qarab maʼnoli kulib qoʼyishardi. Xullas, bir iloj qilib dasturni yakunlagach, uyga qay- tayotganimda yana haligi yigit bilan toʼqna- shib ketdik. Baravariga kulib yubordik va u menga sirligina jilmayib kuydi....
Ertasi kuni deng, uyimizni sovchilar bosdi. Kaysi bir nomzodni soʼramang, bari ichki ishlar xodimlaridan edi. Shu kezlari men tuman qishloq xoʼjaligi boʼli- mida xisobchi boʼlib ishlardim. U mahal- lari qizlarga sovchi kelsa, koʼngling bor- Mi-yoʼqmi deya soʼrab oʼtirmas, tagli-tub- li joydan boʼlsa shartta uzatib yubora- verardi. Lekin baxtimni qarangki, me- ning otam unday qilmadi. Oilada yolgʼiz qiz boʼlganim uchunmi, onamga soʼrab koʼr, balki birovdan umidvor boʼlsa aytsin, debdi. Men esa mayli, oʼzlaringizga qaysi biri maʼqul kelgan boʼlsa, men roziman, dedim. Shu darajada sodda ekanmizmi, xatto toʼygacha ham kuyovni koʼrmabman. Toʼy kuni meni oppoq roʼmolga oʼrab qaynonam- nikiga tushirib kelishdi. Odmigina bazm kechasidan keyin kuyovni koʼrdim-u, hay- ratdan dong qotib qoldim. Ne koʼz bilan kurayki, u xov oʼsha katta sahnada tugma- siga sochlarim oʼralib qolgan yigit edi! Xudoyimning marhamati bilan takdiri- miz ana shunday qoʼshilgan ekan...
Mukarram opa gurung orasida uch far- zandli boʼlganida turmush oʼrtogʼi, rahmat- li Suxrobsho akaning qoʼllab-quvvatlovi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozir universi- tet)ning geografiya fakulьtetida sirtdan oʼqib, kunduzi maktabda oʼquvchilarga saboq bergan yillarini xoʼrsinib eslaydi. Key- inchalik oʼqishni muvaffaqiyatli bitirgach, butun bilim-tajribasini yosh avlod tar- biyasiga baxshida etdi. Shu bilan birga, oʼz mahallasida ham ibratli oila sifa- tida nom qozondi. Bugungi kunda bu xona- donda ulgaygan toʼrt farzand xayotda oʼz oʼrnini topib, baxtli hayot kechirishyapti.
-Oʼqituvchi ahlini yaxshi bilasiz, bi- ror kun uyida boʼsh oʼtirolmaydi. Yangilik- larga oʼch, kaysi shogirdi qaerda oʼqiyapti, kay biri baxtli yashayapti, qaysinisining omadi chopmayapti- bari bilan qiziqadi, qaygʼuradi,- deydi Mukarram opa. Olloxga shukr, men oʼqitgan, tarbiyalagan bo- lalarning deyarli hammasi oʼqimishli, kasb-xunarli. Shu mahallada kam muddat emas, 25 yil rais boʼlib ishladim, qancha- lab nizoli oilalarni saqlab qoldik, aj- rashish uchun ariza yozgan er-xotinlarni yarashtirdik. Eng asosiysi, oʼnlab voyaga yetmagan oʼgʼil-qizlarning ota yoki ona mex- riga zor boʼlib oʼsishining oldini oldik.
-Yakinda Yurtboshimiz xalqimizga yoʼllagan Yangi yil tabrigida 2012 yil Mustaxkam oila yilida davlatimiz tomo- nidan yosh oilalarni qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, barcha sohalarda faollik koʼrsatayotgan ayollarning ogʼirini yengil kilish, ayniqsa, mahalla tizimining ja- miyatdagi rolini yanada kuchaytirishga jid diy eʼtibor qaratilishini taʼkidlagani xam bejiz emas. Chunki oʼzim guvohman, mahallani chin maʼnoda jamiyatning oyna- si deyish mumkin. Bilingki, qaysi bir oilada totuvlik, ahillik barqaror boʼlsa, shu xonadonda halollik ustuvordir. Yana bir muhim jihatni ham unutmaylik, men bu xakda farzandlarim, kelinlarimga ham kup bora takrorlayman. Yaʼni Oilani kurgon deb atasak, unda yashayotgan har bir insonning, u kattami-kichikmi, baribir, shu goʼshada oʼz oʼrni va qadr-qimmati boʼlsa- gina, jamiyatga foydasi tegadi. Yangi yil- da bu soxada xizmat qilayotgan faollar zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklani- shi tabiiy. Shu bahonada oddiy bir xayotiy misolni keltiraman: albatta, savobning katta-kichigi boʼlmaydi. 2000 yili mahal- ladagi uchta qoʼshni oʼzaro maslahatlashib, imkonimiz yetgunicha mablagʼ toʼplab, koʼcha boshidagi qarovsiz yotgan maydonni oʼz kuchimiz bilan oʼzlashtirib, "Sogʼlom av- lod" bogini tashkil etdik. Har yili shu yerda yetishtirilgan mahsulotlarni sotib, kam taʼminlangan va qarovchisini yoʼqot- gan xonadonlarga beminnat yordam berayapmiz.
Bugungi kunda umrining qirchillama Qirq yilini yosh avlod tarbiyasiga bagʼish- lagan va muborak 63 yoshida ham el-ulus- ning xayrli ishlariga bosh-qosh boʼlib yurgan oqqoʼrgʼonlik Mukarram opa Gulomo- va bir etak nevara-chevaralarini ardok- lab yashayotir. Niyatimiz, ana shunday piru badavlat oilalar safi kengayaversin.