Mehr maskani
Oila har bir insonning eng qadrdon maskani. Hech kim oʼzini boshqa yerda oilasidagi kabi xotirjam, xushbaxt xis etmaydi. Yutuq- larimizdan eng koʼp sevinib gururlanadigan, boshimizga ish tushganida darddosh boʼladigan ham oʼz jigar- bandlarimiz. Xullasi ka- lom, baxtimiz butunligi oilamiz mustahkamligi bi- lan belgilanadi.
Yangi yilimizning Yurtbo- shimiz tashabbusi bilan «Mustahkam oila yili» deb nomlangani turli sohalarda faoliyat yuritayotgan namanganlik xotin-qizlarni ruhlantirib yubordi. Bugun ulardan ayrim larining fikr-mulohazalari ni eʼtiboringizga havola etamiz.
Raxbarxon Qoʼziboevа,
Uychi shahar mahalla fuqaro- lar yigini raisi:
Xalqimizda <<Oila - koʼsh ustunli ayvon» degan gap bor. Buning zamirida olam-olam maʼno mujassam. Masalan, faoliyatim davomida juda koʼp oilalarning turmush tarzi bilan tanishishimga toʼgʼri kela- di. Bir narsani sezamanki, oʼqigan, biror kasb-hunarning boshini tutgan oila sohiblari xonadonlarida doim totuvlik xukm suradi. Tomorqasidan ham Tuzukroq hosil olishning udda- sidan chikolmaydigan, mehnat- dan qochadigan, oʼzgalar va ma- xalla yordamidan doim umidvor boʼlib yuradigan xonadonlarda esa kelishmovchiliklar tez-tez yuz beradi.
Oilalar mustahkamligiga erishishda yoshlardan ham koʼproq kattalar, ota-onalar zimmasidagi vazifa zalvor- lirok deb oʼylayman. Farzan- didan kelajakda qanday oila sohibi yoki sohibasi chiqishi- ni ulardan yaxshiroq boshka xech kim bilmaydi. Аyrim- larning qoʼlida birorta hunari yoʼq, hali oʼzlariga bo- qimanda boʼlgan oʼgʼillarining boshini ikkita qilib qoʼyayot- gani yosh oilalar oʼrtasida ajrimlar, arzimas nizolar- ning koʼpayishiga sabab boʼlayapti.
Zamiraxon Shаmsievа,
Namangan shahridagi «Haqiqat» MFY raisi:
Mahallamizda 1377 ta oila istiqomat qiladi. Ular- ning yetmish foizi namunali, totuv xonadon desam, mubolaga boʼlmaydi. Buning boisi, shu kichkinagina goʼshamizda turli mavzularda tushuntirish-tar- gʼibot ishlarini doimiy olib borayotganimiz. Qolaversa, mahallamiz xotin-qizlari oʼrtasida milliy hunarmandchi- lik namunalaridan boʼlgan toʼn Va kashta tikish anʼana tusini olgan. Onaxonlarimiz qizlar- ga oʼz hunarlarini oʼrgatish ja- rayonida oila, katta hayot sabok- larini singdirib borishadi.
Oilada er-xotin oʼrtasida mexr, oʼzaro hurmat boʼlsa, bu xonadonda nizo chiqmaydi. Janjalsiz roʼzgʼorda baraka boʼladi, farzandlar har tomon- lama barkamol boʼlib voyaga yetadi. Tilagim, Mustahkam oila yilida har bir xonadon- dan kut-baraka, kuvonch arimasin!
Xursanoy Ismoilovа xukukshunos, Norin tumani:
- Baʼzi xorijiy mamlakat- larda keyingi paytlarda oila- ning ijtimoiy mavqei, ota- onaning qadr-qimmati yoʼqolib borayotgani haqida bong uril- mokda. Oqibatda, jamiyatda oʼzaro mehr-oqibat tuygʼulari xam barham topib borishi tur- gan gap. Xayriyatki, Oʼzbekisto- nimizda yashayotgan turli mil- lat va elat farzandlari tinch- osoyishta, barqaror demokra- tik jamiyat qurish yoʼlida ham- jihatlik asosida bir oila boʼlib birlashishmokda. Bu bo- rada mahalla instituti katta rolь oʼynayotganini alohida
taʼkidlashimiz kerak.
Maʼlumki, mamlakatimizda har kuni yuzlab yangi oilalar barpo boʼladi. Ularning musta- kil oila sifatida shakllanib olishi uchun ota-onadan tashqa - ri, mahalla-koʼy, qoʼni-qoʼshni, qarindosh-urugʼlar ham oʼzlari- ni masʼul ekanliklarini chuqur anglashayotgani eʼtiborga lo yikdir