Vatan ichra “Mo’jaz vatan” bu!
Muhtaram Yurtboshimiz Konstitutsiyamizning 19 yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimda 2012 yilni "Mustahkam oila yili" deb eʼlon qilganini eshitib, qalbim ajib bir iliqlik, gʼurur va iftixorga toʼldi. Аxir, barcha ezgu maqsadlarimiz, yorug umid- lar sari ilk qadam oilada tashlanadi, ilk tasavvurlarimiz shu goʼshada uygonadi. Oila baxtimiz, kuvonchimiz, halovatu farogʼat maskanidir.
-"Oila"... ana shu birgina soʼzning oʼziyoq xar kanday yurakka cheksiz mehru muhabbat, huzur-halovat bagʼishlaydi. Tasavvur qiling, xayotning katta-kichik tashvishlaridan toli- qib, kadrdon ostonani hatlab uyingizga ki- rar ekansiz, butun charchoqlaringiz bir lah- zada unut boʼladi. Farzandlarning shoʼx-sho- don qiyqiriq-kulgusi, yaqinlar diydori koʼngilni osmon qadar yuksaltiradi. Xoʼsh, ayting, kay bir mamlakatda oilani muqad- das qoʼrgʼon sifatida ulugʼlab, uni mustaxkam - lash, tinch-totuvligini taʼminlash uchun biz- ning davlatimizdagidek gʼamxoʼrlik koʼrsati- ladi? Faqat oʼz milliy anʼanalari, donish- mand avlod-ajdodlarining boy maʼnaviy merosiga suyangan, sodiq qolgan yurtdagina ana shunday savobli ishlar amalga oshiri- ladi, albatta!
Xalkimizda "Qush uyasida koʼrganini qila- |di" degan ibratomuz maqol bor. Oʼsib kela- yotgan avlodning ilk tasavvurlari oilada shakllanar ekan, insoniylikka xos fazilat- lar, odob-axloq kabi bebaho fazilatlar ildizi ham oiladadir. Qolip qanday boʼlsa, gisht ham shunday chiqqanidek, har bir oila- da kamol topayotgan farzandlar ham shu mu xitga mos ravishda ulgʼayadi.
"Onang uydami?" deb soʼraydi ostona xat- lar-xatlamas ota. "Dasturxonni tuzanglar, toza kiyimlaringni kiyinglar, dadang ke- ladi", deydi ona... Аna shunday hikmatga toʼla oilada ulgayayotgan farzandlarning qalbida mexr kurtak yozadi, oqibat gullaydi, umid- lar kanot lokadi. Oila betakror ruhiy mu- hitdir. Jamiyatning boʼgʼini, Vatan ichra "muʼjaz vatan" hisoblanmish oilalarimiz hamisha gullab yashnasin, baxt va kuvonch mas- kaniga aylansin.