Qadrlagan qadr topadi

By Shavkat Sultonov, …, in 2012

Baxmal aya endigina Yokub aka oʼtirgan xonaga dasturxon yozayot- gan paytda darvoza qoʼngʼirogʼi jiringlab koldi.
-Onasi, qara-chi, kim ekan? Menman, yanga, ustoz uyda- milar? - dedi qoʼlida sumka va gul koʼtargan yigit salom-alik- dan soʼng.
- Keling, Аsliddinjon, Hozirgina piyolamdagi shama aylanayotuvdi. Аkangiz qanday mexmon kelayotgan ekan, deb Hazillashgandi. Buni qarang, siz ekansiz-da. E, nimalar kutarib yuribsiz. Kani, ichka- riga marhamat!
Yangi yil arafasida bir yuklab ketayin deb keluvdim. - Umringizdan baraka to- ping, uka. Pensiyaga chiqqan odam uyda oʼtirib qolsa zerikar ekan. Zap kelibsiz-da, odam tafti- ni odam oladi, deganlari rost. Siz bilan maslahatlashadigan gaplar ham bor edi...
Bu - Qashqadaryo viloyat kishlok va suv xoʼjaligi bosh- qarmasi birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi Аs- liddin Rahmatovning kundalik faoliyatidan bir lavha, xolos. Esida, u endi ishga kelganida koʼmita raisi Yoqubjon Murodov yoniga chorlab, bu masʼuliyatli soha sirlarini erinmasdan oʼrgatgan edi. Mazkur tashkilot- da xizmat qilayotgan ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini, ayniqsa, xo- tin-qizlarni ijtimoiy muho- faza kilish bilan bogʼliq vazi- falarni sidqidildan baja- rishda maslahatlar juda qoʼl keldi.
2007 yili Yoqubjon aka pen- siyaga chiqqach, hamkasblari Аs- liddinni kasaba uyushmasi ra- isligiga saylashdi. Besh yil- dirki, u jamoa aʼzolarining beminnat koʼmakchisiga aylangan. Bugungi kunda tarmokda 3680 nafarga yaqin kasaba uyushmasi aʼzolari boʼlib, ularning 229 nafarini xotin-qizlar tashkil kiladi.
Biz xam 2012 yilni yorug yuz bilan kutib oldik, - deydi > Аsliddin Rahmatov. - Eng kuvonchlisi, Prezidentimiz ta- shabbusi bilan yangi yilning "Mustahkam oila yili" deb eʼlon qilingani barchamizni ruxlantirib yubordi. Bu bayram chin maʼnoda oilaviy ayyomligi xamda bolajonlar uchun unutil- mas onlarga boyligi bilan qadrlidir. Shunday quvonchli tantanalarda viloyat qoʼgʼirchoq teatrining ijodiy jamoasi to- monidan Xolmurod Sattorov stsenariysi asosida sahnalash- tirilgan "Muzlar sadosi" ertak -tomoshasi kichkintoylarimizga manzur boʼldi.
Viloyatning boshqa hududla- rida xam bayram shukuhi hamon davom etayotir.