Tаlаbаning «yuz»i

By "Oila va …, in 2012

Talabalikning eng muhim shartlaridan biri ilm olish. Аynan shu payti u sohaga tegishli fanlarni yaxshi oʼzlashtirishi barobarida dunyoqarashi kengayadi, hayot- Dagi anik bir maqsadi shakllanadi. Soʼnggi bosqichda esa toʼplagan bilimlarini umumlashtirgan holda dip- lom ximoyasiga tayyorgarlik koʼradi. Аksariyat talaba- lar uchun bu haqiqiy sinov davri. Sababi, bitiruv ma- lakaviy ishi maʼlum mavzudagi izlanishlar majmui xisoblansa-da, ammo u ham ilmiy ish. Xoʼsh, bu jarayon- ning masʼuliyati, murakkabliklari nimalardan iborat?
-Diplom ishining yozilishi aynan talabalikning 4-bos- kich paytidan boshlanishi shartmas, deydi SamDUning biologiya fakulьteti 4-kurs talabasi Sobira Shamsid- - dinova. - Maxsus fanlarni 2-boskichdan boshlab chuqur oʼrga na boshlaymiz. Shu davrdayoq talaba oʼziga maʼqul kelgan il- miy mavzu tanlashi mumkin.
Siz xam shunday yoʼl tutgansiz, toʼgʼrimi?
- Nabotot olamini chuqurroq oʼrganish maqsadida amali- yotga chiqqanimizda turli oʼsimliklar, ularning xususiyatini oʼrganganmiz. Oʼshanda giyohlarning xilma-xil dunyosiga mah- liyo boʼlganman. Soʼng ustozlarimdan biror mavzuni chuqurroq egallash uchun izn soʼradim. Ularning tavsiyasi bilan deyarli kam oʼrganilgan «Samarqand viloyatida uchraydigan lishay- niklar>> mavzusini tanladim.
Bunday murakkab mavzuni tanlashingiz izlanish- lar asnosida qiyinchilik tugʼdirmaydimi?
Bu tabiiy, sababi, adabiyotlar kam. Lekin shu mavzu boʼyicha xorijda koʼplab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ularda lishayniklarning xususiyatlari, kosmetikada, far- matsevtikada qoʼllanilishi xususida talaygina fikrlar bor. Men esa aynan viloyatimizning qaysi hududida qanday xolat- Da uchrashi, tarqalish mikdori, ekologiyasini bosqichma-bos- qich oʼrganib keldim. Аlbatta, bunda ustozim, dotsent Xislat Haydarovning koʼmagi katta boʼldi.

Bakalavrlik ishingizning amaliy ahamiyati qanday?
- Yoʼq, men diplom ishim bilan katta yangilik yarataman deb oʼylamayman. Boisi, bitiruv malakaviy ishiga yuklatil- gan darajaga koʼra mavzuni yoritishda avval bu xakda bilish lozim boʼlgan maʼlumotlarni oʼrganishim, ularni qiyoslashim kerak. Ilmiy yangilik uchun esa mavzu doirasini yanada ken- gaytirish talab etiladi.
- Demak, ilmiy ishni davom ettirish niyatingiz bor? - Bu mening orzum va, nasib etsa, kelgusida magistratu- rada oʼqib, ilmiy izlanishlarimni davom ettirmoqchiman.
Bu sizga boshqa fanlarni oʼzlashtirishda xalakit bermaydimi?
- Nima desam ekan, bu ilk qadamlarim va, umuman ol- ganda, kelgusida yaxshi biolog mutaxassis boʼlishim uchun juda muhim. Kimyo fanidan Nuroboddagi 3-umumtaʼlim maktabi- da oʼqib yurgan paytlarimdan beri olimpiadalarda ishti- rok etib, faxrli oʼrinlarni egallaganman. 2-kursdaligim- da fan olimpiadasining respublika bosqichida kimyo boʼyi- cha 2-oʼrinni qoʼlga kiritdim. 3-bosqichda esa universitet- ning akademik Kodir Zokirov nomidagi stipendiatiga sa- zovor boʼldim.
-Sobira, sir emaski, baʼzi talabalar orasida bitiruv malakaviy ishini boshqalarga yozdirish holat- lari xam uchrab turadi...
Bunday gʼirrom yoʼlni tanlaganlar talabalikning eng muhim boskichidan bexabar oʼtadi. Negaki, diplom ishi mav- zuini tanlashdan tortib, yozish, himoya qilish jarayonining oʼzi kishiga qanchalik koʼp izlanishlarni talab etadi. Eng mu- ximi, yangiliklardan boxabar qiladi. Oʼz ustida ishlash kabi masʼuliyatli vazifalarni yuklaydi. Qisqa qilib aytganda, diplom ishi bu - talabaning «yuz»i. Uning yorugʼ va benuk- son boʼlishi uchun oʼqib-izlanishdan charchamaslik kerak.