BЕShIK
Bir kuni yer osti temir yo`li (metro vagonida ajoyib manzaraning guvohi bo`ldim. Qo`lida beshik tutgan Ona ichkari kirdi. Yosh yigit joy bo`shatdi. Hammaning nigohi Onaxonga qadaldi. Chunki beshik havasni keltirar darajada chiroyli edi. Ayolning mayin jilmayishlarini kuzata turib, xayolga cho`mdim. U nimalar haqida o`ylayapti ekan! Nabirasi haqidami! Shunday bo`lsa ajab emas, Chunki, biz, o`zbeklarda bir odat bor: farzand dunyoga kelganda, buvilar, momolar beshik keltirishlari kerak; chaqaloqni beshikka belash ham ularning zimmasida. Balki bu Ona ham yangi chaqaloqning jilmayishlari-yu inga»lashlarini ko`z oldiga keltirgandir. Xayolan Beshik tebratib, allalagandir, o`sha chaqaloqni. Axir ota-bobolarimiz azaldan «beshigida alla eshitib uxlagan bola ulg`ayganda, ota- onasiga mehribon bo`ladi», deb bejizga aytishmagan. Ona o`z manziliga yetdi chog`i, vagondan tushdi. Men beixtiyor uni kuzatib qoldim. Lekin, kuzatayotgan bitta men emasdim. Nazarimda, Ona beshik og`irligini sezmas, xuddi palaponiga talpingan Oqqush misol uchib borardi.Ona Beshikni, beshik bolani, bola dunyoni tebratadi.