Ogohlikka chorlayotgan markaz.

By : Donogul …, in 2011

Shaharning xushmanzara go‘shalaridan birida qad rost- lagan markaz binosiga kelganimizda bu yerda kundalik ish ja rayoni davom etayotgandi. Zamo- naviy tipda va o‘ziga xos me' morchilik yechimida barpo etilgan xamda barcha qulayliklari- ni o‘zida mujassam etgan ko‘rkam bino, uning yon atroflarida amalga oshirilgan obodonchilik hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zni kuvnatadi. Markazda ishlayotgan oq xalatli shi- fokorlarning xushmuomalasiyu epchilliklarini aytmaysizmi? Ular neotal skrining tekshiruvidan o‘tish niyatida bu yerga ke layotgan ayollarni tibbiy ko‘rik- dan o‘tkazish ishlarini belgi- langan tartib doirasida riso- ladagiday uddalashmokda. Aytish mumkinki, markazning so‘nggi rusumdagi diagnostika va laboratoriya asbob-uskunalari, zarur jihozlar bilan ta'minlanganligi bunday tekshiruvlar- ning jadallik bilan yuqori sa viyada bajarilishi, tashxislarning anik va puxta qo‘yilishiga, davolash ishlarining samarali bo‘lishiga imkon berayapti. Bu yerga kelinimni olib kelgandim, deydi o‘zini Jizzax shaxrining Zargarlik mahallasida istiqomat qiluvchi Sharifa opa Xo‘jamkulova, deya tanishtirgan ayol. Chunki homilaning salomatligini, benuq son rivojlanishini vaqtida tekshiruvidan o‘tkazib turish kuplab irsiy yoki tug‘ma xastaliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish, davolashga, ertaga bolaning kutilmagan kasalliklar bilan nuqsonli tug‘ilishi xavfini kamaytirishga xizmat kiladi. Xukumatimiz tomonidan tug‘ilajak farzandlar sog‘lig‘ini uylab, yurt kelajagini ko‘zlab bo‘lg‘usi onalarga shunday imkoniyatlar, qulayliklar yara- tib berilayotganidan har qancha mamnun bo‘lsak arziydi.
Oilada farzand dunyoga kelishi kuvonchli voqea, albatta, deydi G‘allaorol tumanidan kelgan M. ismli juvon (ism-familiyasini keltirmasligimizni iltimos kildi). Ammo chakadok biror bir xastalik bilan yoki bo‘lmasa, nogiron holda tugilsachi?
Bunday paytda kuvonchimiz kemtik bo‘lib qolmaydimi, shodu xurramligimiz o‘rnini bolaning salomatligi, kelgusi takdiri uchun xavotir, tashvish egalla- maydimi? Ochig‘i, menda ham shunga o‘xshash holat yuz berishi Mumkin edi. Skrining tekshiru- vi chogida homilamda irsiy xastalikning belgilari aniqlan- di. Shifokorlar davolash ish- larini boshlab yuborishdi. Ko‘p o‘tmasdan vaziyat ijobiy tomon- ga yuz tutdi. Kecha yana tekshi- rib ko‘rishdi. Bu safar homi- lamning soglom rivojlanayot- gani ma'lum bo‘ldi. Xushxabar- ni eshitganimda qanchalik su- yunganimni tasavvur qilayapsiz- mi? Butun oilamiz bilan kuvondik. O‘zingiz o‘ylang: bun- dan 4-5 yil oldin bizda shun- day markazlar bormidi yoki shu singari savobli ishlarni ba jarish imkoniyatlariga egami- dik?
- O‘tgan yilning mart oyi- dan faoliyat ko‘rsatayotgan mar- kazimizda bugun 6 nafar yuqori malakali shifokorlar va 12 nafar o‘rta maxsus ma'lumotga ega tibbiyot xodimlari mehnat kilishayapti, -deydi markaz direktori Sherbek Ashurov Yurtboshimiz tashabbusi bilan "Sog‘lom ona sog‘lom bola" goyasini o‘zida mujassam etgan dastur asosida ishlab chiqilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar jamoamiz faoliyatining mag‘zi- ni, mazmunini tashkil etayotir.
Natijada qisqa vaqt ichida vi- loyatdagi homilador ayollarning asosiy kismi yoki 80 foizga yakini neontal skrining tekshi- ruvidan o‘tkazildi. Aniqlangan irsiy yoki tug‘ma nogironlik bilan boglik xastaliklarni davo- lash chora-tadbirlari ko‘rilmoq- da. Bundan tashqari, homilador ayollarni tarkibida hayotiy za rur elementlar bo‘lgan maxsus polivitaminlar bilan ta'min- lash, shu yo‘l bilan ham bo‘lajak onalar salomatligini mustah- kamlash, rivojlanishda nuksoni bulgan bolalar tug‘ilishi- ning oldini olishga erishila- yapti, deya ishonch bilan aytishim mumkin. Bu kabi ishlarda bizga tuman va shahar tibbiyot birlash- malari, shifoxonalar, ayniqsa, birlamchi davolash muassasala- kishlok vrachlik punktla- ridagi xamkasblarimiz yaqindan yordam berishyapti.
Endi mulohaza yuritish, tah- lil kilish, xulosa chiqarish uchun ayrim ko‘rsatkichlarni keltirib o‘tsak: o‘tgan yili viloyat bo‘yicha onalar o‘limiga aloqador holat- lar oldingi yildagidan 1,5 • foizga, bolalarniki - 1,8 fo- izga, nogiron tug‘ilganlar 3,2 foizga kamaydi. Yoki yil davo mida dunyoga kelgan 25648 na- far chaqaloqlarning 97,2 foi- zi mutlako sog‘lom ekanligi ras- miy tarzda qayd etildi.
Bu kabi sa'y-harakatlar, natijalarni Prezidentimiz- 4 ning 2009 yildagi "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, soglom avlodni shakllantirish- ga doir qo‘shimcha chora-tadbir- lar to‘g‘risida"gi hamda "2009- 2013 yillarda aholining rep- roduktiv salomatligini mustax- kamlash, soglom bola tug‘ilishi, jismoniy va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ish- larni yanada kuchaytirish va sa- maradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘ri- sida"gi qarorlari asosida bel- gilangan aniq chora-tadbirlar joylarda izchil tarzda bajari- layotganining amaldagi ifoda si, deb baholasa to‘g‘ri bo‘ladi.