Baxt kaliti boylikda emas

By Oysha To‘Rayeva, …, in 2011

Ahil va baxtiyor oilalar turmushini kuzatib, shunday xulosaga kelasan kishi, baxt o‘lchovi er-xotinning bir-biriga bo‘lgan sadoqati, mexr-muxabbati, bolalar tarbiyasida o‘zaro hamdard va hamkorligi bilan o‘lchanar ekan...
Ayolning uddaburonligi, sabr-qanoatli, xayoli- andishali, shu bilan birga, erning hurmatini o‘rniga kuyishi, qolaversa, "kelin", "rafiqa", "ona", "ayol- "lik maqomini eplay bilishi eng muhim omillar- dan sanaladi.
- Oiladagi barqarorlik birgina ayolga emas, er- kakka ham bog‘liq. Shu ma'noda ularning ham bu bo- rada bir talay majburiyatlari bor. "Er", "ota", "Far- zand", "kuyov" degan muqaddas nomlarga munosib bo‘lish oson emas. Ana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan ota-onalar farzandlariga ibrat-namuna bo‘lishadi. Nuridiydalarining mehnatda chiniqib o‘sishiga, biror kasb-hunarni egallab, el-yurt ko- riga yaraydigan insonlar bo‘lishiga erishadi.
Yaxshi ota-onaning farzandi bo‘lish ham bir baxt- dir, deya bejiz aytilmagan. Ular bo‘yi yetgan qizini teng-tenglab, bo‘y-bo‘ylab, so‘rab-surishtirib o‘zlari- ga munosib oilaga uzatadi. O‘g‘liga ham ibratli xona- don sohiblarining qizlarini kelin qilmoqqa inti- ladi. Ona uzatilayotgan qiziga shunday mazmunda na- sihat qiladi: "Eringning fe'l-atvorini yaxshilab o‘rgan, ko‘nglini topishga intil, shu muhitga, ro‘zg‘or sharoitiga moslash, kelinlik-bekalik, ayollikni o‘rniga qo‘y. Kaynona-qaynotangni ham bizlarni iz- zatlagandek xurmatini joyiga qo‘y, maslahatlariga amal kil. Zinhor bazinhor uyingdagi sirni tashka- riga olib chiqma. Negaki, har bir oilaning o‘ziga xos sir-sinoati, muammolari bo‘ladi, ayrim gap so‘zlarni ichingta yut, og‘ir-vazmin bo‘lgin. Ayol sha'ni vafo- sadokat bilan ulug‘lanadi, buni aslo unutma", deydi.
O‘z navbatida otalar ham kuyov bo‘layotgan o‘g‘liga qarata: "Oilangni muqaddas deb bilib, bu oshiyonni ishonch, o‘zaro hurmat mustahkamlashini unutma. Ayol tabiatini tushunishga, uydagilar bilan yangi ke linimiz o‘rtasidagi mehr iplarini bog‘lashga o‘zingning munosib xissangni qo‘shgin. Kaynota-qaynonangga o‘gildek bo‘l, buni amalda isbotla, ularning ham xurmatini joyiga qo‘y, zinhor izzattalab bo‘lmagin", deb nasihat qilishadi.
Bunday yo‘l-yo‘riqlarga amal qilgan qizlar bor- gan joyida tup qo‘yib, palak yozadi. Yigitlar esa o‘z mahallasida obro‘li, ibrat olsa arzigulik oila boshligi bo‘lishadi. Ana shunday baxt hammangizga nasib etsin!