Ko’za…kunida sinadi
Ma'lumki, Respublika Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi- ga ko‘ra mamlakatimiz hududida 2010 yilning 15 dekabridan 2011 yilning 15 yanvarigacha "Harakat xavfsizligi oyligi" o‘tkazildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maksad - yo‘l transport hodisa- larining oldini olishdan iborat- dir. Shu bois, joylarda ushbu tad- birni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun qator amaliy ishlar baja- rildi. Jumladan, Surxondaryo vi- loyatida ham tadbirning asosiy rejasi ishlab chiqilib, haydovchi- larning xushyorligi oshirildi.
Oylikda nafaqat yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari, balki keng ja- moatchilik ham faol ishtirok etib, uning har tomonlama samarali o‘tishi ta'minlandi, — deydi viloyat IIB YXXB boshlig‘i vazifasini baja- ruvchi Baxodir Xushboqov. - Mexnat jamoalari va o‘quv muassasalarida ushbu oylikni muvaffaqiyatli uyushti- rish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'- minlashga doir uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi.
Ayniqsa, sohaga aloqador tashki- lot vakillari ishtirokida 325 kilo- metrli avtomobilь yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik holatlari na- zoratdan o‘tkazilib, 92 ta yo‘l belgi- lari o‘rnatilib, 155 ta eskirgan yo‘l belgilari yangilariga almashtiril- di. Kuzatuv jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aloqador tash- kilot rahbarlariga taqdimnomalarkiritildi.
Shuningdek, bolalar ishtirokida sodir etilayotgan yo‘l transport hodi- salarining oldini olish maqsadida o‘quv muassasalarida qator suxbatlar o‘tkazildi. Yo‘l harakati xavfsizli- gi qoidalarini targ‘ib qilish maqsa- dida aholi gavjum joylarda, muas- sasa hamda avtojamlamalar yonida Harakat xavfsizligiga bog‘lik shior va plakatlar o‘rnatildi. Viloyat xududida faoliyat olib borayotgan 4 ta safarbarlik guruhi xodimlari oy- likni namunali o‘tkazish bilan bog‘- lik tadbirlarda faol ishtirok etdilar.
Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari harakat xavfsizligini ta'minlash jarayonida ayrim qoidabuzar haydov- chilarga nisbatan ma'muriy bayonno- malar tuzib, rasmiylashtirildi.
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deydi donolar. Bu haq gap. Har bir xaydovchi yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilsagina o‘ziga, oilasi va jamiyatga ham katta foyda keltiradi.