Avval ko‘rik, keyin

By J. G‘AYBULLAYeVA, …, in 2011

Aholining ko‘pchiligi, eng avvalo, hukumatimiz tomonidan, shuningdek, adliya vazirligi va joylardagi mahalla-ko‘y fa- ollari, xullas, barcha mas'ullar tomonidan qo‘yilayotgan jid- diy talablarga rioya qilishayotgani xayrli ish bo‘ldi. Negaki, avvallari ikki tomon o‘zlaricha kelishib olib, bir hafta ora- sida to‘yni o‘tkazib yuborishar, besh-olti oydan keyin esa FHDYo va boshka tegishli idoralarga chopib kelishardi. "Xo‘sh, xiz- mat" desangiz, "Kelin-kuyovlarning nikoh qog‘oziga keluvdik, o‘zlari ish bilan ketishgan" degan gapni aytishar, amaldagi qonunlarga teskari tadbirlarni qo‘llab, so‘ng sarson-sargar- don bulib yurishardi. Endi esa hamma fuqarolarning amal qilishi majburiy hisoblangan qoidalarga muvofiq, ota-ona- lar emas, aksincha, oila qurishga ahd qilgan yoshlarning o‘zlari FXDYo bo‘limiga kelib murojaat etishmokda. Va tabiiy ravish- da tibbiy ko‘rikdan o‘tilgandan keyin nikoh rasmiylashtirilyapti.
"Sholi kurmaksiz bo‘lmaydi" deganlaridek, hali-hanuz es- kicha qarashlardan qutulolmayotgan kishilarga mavjud qonun- larda kayd etilgan tartiblarni batafsil tushuntiryapmiz. To‘g‘ri, ba'zan xalqimizning urf-odatlariga to‘g‘ri kelmaydi- gan akidalarga ko‘r-ko‘rona ergashadiganlar ham chiqib qoladi. Lekin ularga ham imkoni boricha Oila kodeksi va boshqa amal- Dagi hujjatlarda belgilab berilgan majburiyat va vazifa- larga katьiy amal qilishlari shart ekanligini tushuntirib, noqonuniy amallarga yo‘l qo‘yishning oqibatlari yaxshilik bi- lan tugamasligi haqida ogohlantiryapmiz.