NAVRO`Z BO`LSIN
«Bizning yangi yil qachon boshlanadi?» (Oila va jamiyat», 1 son) nomli maqola menga yoqdi. Menimcha, bizning yangi yil Navro`z ayyomi bilan birga nishonlansa juda yaxshi bo`lardi. Chunki bu paytda tabiat uyqudan uyg`onadi, hamma yoq go`zal bo`ladi. Qolaversa, bobolarimiz avval- dan Navro`zni yil boshi sifatida qabul qilishgan. 31 dekabrda hamma yoq oppoq qor, tabiat uyquda bo`ladi. Bunday yangi yilning qizig`i ham yo`q. Xalqimiz uchun Navro`z ayyomidan yaxshiroq bayram bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.