Umr foydasi

By O‘z muxbirimiz., in 2011

Yo’l qoidalariga to‘g‘ri tarzda rioya etish ham piyoda, ham avtoulov boshqaruvchisiga birdek mas'uliyat yuklashini ko‘pchi- lik yaxshi biladi. Ammo afsuski, bu qoidaga hamma ham rioya etavermaydi va oqibatda qanchadan-qancha insonlar yo‘l-trans- port hodisalari natijasida turli xil tan jarohatlari olish, moddiy zarar ko‘rishdan tashqari halok ham bo‘lmoqdalar. Bun- day baxtsiz xodisalar nafaqat haydovchilar, balki ko‘p hol- larda piyodalar aybi bilan sodir etilayotgani esa achinarli xoldir.
Shu sababdan Toshkent shahar IIBB Inson huquqlarini himoya kilish va yuridik ta'minlash bo‘limi hamda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda "Hara- kat xavfsizligi oyligi" munosabati bilan uyushtirgan "Yo‘l qoida si - umr foydasi" deb nomlangan matbuot anjumanida asosiy e'tibor ana shu muammolar yechimiga qaratildi.
Ushbu "xarakat xavfsizligi oyligi"ni o‘tkazishdan maqsad og‘ir turdagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, xarakatlanishdagi qo‘pol qoidabuzarliklarni aniqlab, bunga nisbatan tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, ko‘cha va chorra- xalarda piyodalar harakat xavfsizligini ta'minlash maqsa- dida avtomobilь tirbandliklarini bartaraf etish va bu ishga keng jamoatchilikni jalb etgan holda yo‘l harakati ishtirok- chilarining huquqiy madaniyatini oshirish, haydovchi va piyo- dalarning amal qilishi shart bo‘lgan o‘z majburiyatlari bor- ligini eslatib o‘tishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur oylik davomida olib borilgan tadbirlar natija- siga ko‘ra respublika hududida yo‘l-transport hodisalari se- zilarli darajada kamaygani qayd etildi.