To’kis baxt quchog’ida

By Zulfiya Yunusova, in 2011

Mayor Sardorbek Jangirovlar xonadonidamiz. Ko‘mon- donlik tomonidan takdim etilgan to‘rt xonali uy, bir-bi- ridan shinam, zamonaviy uslubda jihozlanganining o‘zi xam xarbiy oilalarga davlatimiz e'tiboridan dalolat. Xonadonning orasta va ozodaligida esa oila bekasi ilmi- raning xizmati, kuyunchakligini e'tirof etish joiz.
Yoshlik haqida so‘z ketganda beixtiyor uning muhabbat bilan uy- gunligini his qilasiz. Ha, ishk mavzusi aynan yoshlikka yarashadi. Lavhamiz qahramonlari ham umr yo‘llarini muhabbat rishtasi ila bog‘lagan baxtiyor juftliklardan biri. Xorazmdagi harbiy liseyda taxsil olayotgan yigitcha o‘quv mu- assasasiga qandaydir yumush bilan kelgan xushruygina qizga nigohi tushdi-yu, muhabbatning ilk tug‘- yonlarini his qildi. Bu qiz kim? Kimning oldiga, nima uchun keldi? Yigitni ming turli savollar qiy- nay boshladi. Ma'lum bo‘lishicha, u guruh komandiri Tangribergan akaning kizi Ilmira bo‘lib, kasb- xunar kollejida o‘qir ekan. Yigit unga dilini ochish uchun fursat kuta boshladi. Biroq muhabbatning hij- ronli onlari borki, bu oshiqlar uchun o‘ziga xos sinovdir. Sardor- bekning ham sevgi sinovlarida toblanishiga to‘g‘ri keldi. Chunki kizning oilasi Xorazmdan Chirchiq shaxriga ko‘chib ketishdi.
- Ilmira mendan yiroklash- gach, unga maktub yozishga o‘zimda. jur'at topdim. O‘shanda o‘n sakkiz yoshda edik, - deya kulib eslaydi Sardorbek. -Liseyni bitirgach, Chirchik oliy tank qo‘mondonlik- muhandislik bilim yurtiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldim. Keyin- chalik bizning oila ham Chirchiqqa kuchib keldi. Ko‘p o‘tmay hijron yo‘llarini ortda qoldirib, katta- larning roziligi ila oila kurdik. Xizmat burchim sabab Termizga yo‘l oldik. Turmush o‘rtog‘im bilan bir- ga uch o‘g‘il-qizni tarbiyalab, voyaga yetkazayapmiz. Ilmiraga ko‘ngil qo‘- yib, yanglishmaganimni his kilaman. Ochiqko‘ngil va mehribon ra- fiqam farzandlarim tarbiyasiga juda e'tiborli. Ayni damda Kurolli Kuchlar xizmatchisi sifa- tida harbiy kismda faoliyat yuri- tayapti.
Namunali oila yillar davo mida xizmat va hayot sinovlarida bir kadar toblangani aniq. Shu- ningdek, barchaga o‘rnak bo‘lib ke- layotgan kaysi bir harbiy oila boshligi bilan suhbatlashmaylik, uning xizmatda o‘rin topgan, yetak- chilardan ekani e'tiborimizni tortadi. Sardorbek ham xuddi shunday. Uning «O‘zbekiston Res- publikasi Qurolli Kuchlariga o‘n besh yil>> ko‘krak nishoni bilan takdirlangani ham fikrimiz da- lilidir.
Farzand kamolida ota-onaning o‘rni beqiyos. Mayor Jangirovning shu mavqega yetishida hayotdan bevakt ko‘z yumgan Durdiboy akaning ulkan xissasi bor. Otasining kasbiga xavas kilgan yigit u singari Va- tan posboni bo‘lishga ahd etgani- da hali juda yosh edi. Shu bilan birga, bu onasi Zulfiya opaning xam orzusi edi, ulg‘aytirgan to‘rt o‘g‘lonining biri otasi izini bo- sishini chin dildan istardi. Bu orzu aynan Sardorbekda bo‘y kursatdi. Bugunga kelib uning oilasi xam el ichida e'tiborli ekani onaning baxtidir.
- Vazifam sabab har bir har- biy oila bilan yaqindan tanishishga harakat qilaman, deydi harbiy xizmatchilarning oila a'zolari bilan olib boriladigan ishlar bo‘linmasi boshlig‘i Feruza Kuli- yeva. - Ofiser Jangirovlar oila- si o‘zaro ahil-inoqligi, tarbiyasi va zukko farzandlari bilan ajra- lib turadi. Er-xotin jamoatchilik ishlarida ham hamisha faol. Bun- day namunali oilalarni barchaga o‘rnak kilib ko‘rsatsa arziydi.
Ota-ona o‘z kasbidan faxrlan- sa, hurmat qilsa, bu albatta oila- dagi o‘g‘il-qizlarga ta'sir etmay qolmaydi. Ushbu xonadonning to‘ng‘ich farzandi Sevinch endigina to‘qqiz yoshni qarshilayotgan bo‘lsa- da, ota izidan borishga tayyor. <Katta bo‘lsam, albatta, harbiy li- bos kiyaman, degan so‘zni aytish- dan charchamaydi qizaloq. Ramazon va Feruzalarning o‘yinlarida ham harbiylikka bolalarcha havasni ko‘rish mumkin..