Yiqilganni tepmaylik

By Muhabbat Mamatova, …, in 2010

Besh yil avval ham "odam savdo- si" degan iborani eshitganlar hayron qolishardi. Negaki, bu jinoyat bugungi kundagidek dunyo ahlini global xavf sifatida xavotirga solmagan edi. Lekin insoniyat erki, ozodligiga qarshi qaratilgan har qanday xavf-xatarning oldini olish va unga qarshi kurashda jahon hamjamiyati har doim bir maqsad yo‘lida birla- sha oladi.
"Asr jinoyati" sifatida talqin etilayotgan ushbu noqonuniy xatti- harakatlarga qarshi chora ko‘rish bo‘yi- cha mamlakatimizda huquqiy asoslar yaratilgan va qator davlatlar bilan bu dolzarb masala yuzasidan izchil xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimiz Preziden- tining 2008 yil 8 iyulda imzolagan "Odam savdosiga qarshi kurash sama- radorligini oshirish bo‘yicha chora- lar to‘g‘risida"gi qarori hamda 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan O‘zbe- kiston Respublikasining "Odam sav- dosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"- gi konunida belgilab berilgan vazi- falardan ko‘rinib turibdiki, bu glo- bal muammo respublikamiz uchun ham bevosita daxldor. Albatta, odam sav- dosi transmilliy ya'ni hech qanday chegara yoki xudud bilmaydigan xatar- nok jinoyatdir. Uning asosiy ob'ekti inson, uning or-nomusi, qadr- qimmati bilan chambarchas boglik. Buni esa hech qanday bahona, sabab bi- lan oqlab bo‘lmaydi.
Bunday jinoyat kurboniga aylangan E yoki unga u yoki bu darajada aloqador deb topilayotgan odamlarning gap- so‘zlarini eshitib hayron bo‘lasan, kishi: "Katta pul va'da berishgan edi". "U yoqqa borganimdan so‘nggina al- Danganimni bildim", "Endi nima qilay, xorijlik erkakdan bolam bor, qaerga murojaat qilishni bilmayap- man" va hokazo... To‘g‘ri, odam yaxshi yashash, ro‘zgor tebratish, boyib ketish uchun turli xil yo‘llar, choralar izlay- di. Bundaylarni ham faqat qoralash, ayblash insofdan emas. Lekin "Ko‘pni ko‘rib fikr qil" degan maqol ham be- jiz aytilmagan. Axir, ko‘rayapmiz-ku, kunora televizor yo radio orkali, ga- zeta-jurnallarda "odam savdosi" kur- bonlarining ayanchli qismatlari haqida turkum ko‘rsatuv, materiallar namoyish etilyapti, yozilyapti. Ko‘cha- kuyda xam muntazam eshityapmiz. Nega shulardan o‘zimizga kerakli xulosalar chikarmaymiz? Qachonki, o‘zimiz ana shundaylarning "aldov to‘riga ilinib, kuyib qolsak, afsus chekamiz, ko‘z yosh to‘kamiz. Unda kech bo‘ladi.
Shuning uchun eng avvalo o‘z oila- miz, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shni- lar, mahalla-ko‘y orasida bu borada imkoni boricha qaerda ishlashimiz- dan katьi nazar, to‘g‘ri maslahatlar- ni beraylik. Mabodo yonginamizdagi inson ana shu dahshatli ko‘rgulikka aldanib, adashib duchor bo‘lganini bilsak, eshitsak, hech qachon ularni kamsitmaylik, jamoatdan ayirmay- lik. Aksincha, unga yelkadosh, ko‘makchi bo‘lish yo‘llarini izlaylik.