Savalaganimni kulib eslashadi

By Shodmon Otabek, in 2010

1. Menimcha, o‘zbek oilasida, eng avvalo, o‘zaro mehr-muhabbat, oqibat, sharkona odob, axloq ustu- vor bo‘lmog‘i lozim (Sharqning G‘arbdan ustunligi ham shunda). Chun- ki uz yakinlarini e'zozlay olgan odamgina boshqalarning qadriga yetadi. Aslida, yaqinlarga mehr kuyish oson emas. Chunki hamma kam- chiliklari, insoniy ojizliklari yakkol kurinib turadi-da.
Odamzod har qanday zamonda har doim mehrga, hurmat-e'tiborga intiq-intizor bo‘lib yashaydi. Goho boshiga mushkulot tushgan odamga yaqin do‘st emas, oddiy bir xayri- xox xam asqotishi mumkin.
Haqiqiy o‘zbek oilasida asriy madaniy merosimiz, o‘lmas qadri- yatlarimiz ham hurmat qilinishi, avlodlar qoniga singdirilishi
lozim. Bunday oilada kitob katta ma'naviy boylik hisoblanadi, mu- tolaa zavq-shavq manbaiga aylana- di.
2. Oilada otaning o‘rni beqi- yos. Asosan ayol muallimlar ishlay- digan maktablarda bolalarning intizomi pastroq bo‘lishi, haqiqiy erkaklik sifatlari kechroq shakl- lanishi ham bejiz emas. Fakat ota- gina aytishi lozim bo‘lgan tarbiya- viy ugitlar bor. Ilmu hunarga ix- los, mexnatsevarlik, mardlik, ja- surlik, insoniy gurur avvalo ota- dan yuqadi. Zararli odatlardan bolani extiyot qilmoqqa ham avvalo ota burchli. Uning o‘zi ichsa, cheksa, bolasiga bu borada qanday kilib to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin?
Tarbiyada onaning ham o‘rni ota- nikidan kam emas. Ota oilani bo- qish uchun o‘zini o‘tga-cho‘qqa uradi, shu bois uyda kamroq bo‘ladi, tarbiyaga vaqti yetmasligi mumkin. Shunda. tabiiyki, bolaga onaning ta'siri kuchliroq bo‘ladi. Ko‘polroq tuyulsa xam shunday bir maqolni eslatmok- chiman: «Otasi jinni bittasi jin- ni, onasi jinni Hammasi jin- nix.
Oilamda kelinlarim - Sevara, Nargiza, Xurshidalarni «Hozir qan- day kitob o‘qiyapsizlar? Nabiralarimga qanaqa she'r, ertak o‘rgatayap- sizlar? Bolaning vaqti bekor, be- xuda o‘tmasin, o‘yinida ham ma'no- mazmun bo‘lsin! Nuqul televizor ko‘ravermasin. Ularning kelajagi- ga asosan sizlar javobgarsizlar», deya muttasil tergab, talab qilib turaman. Ular ham meni to‘g‘ri tu- shunishadi, ogrinmaydi.
3. Ota-onani xurmat qilish, ro- ziligini olish (ota rozi xudo rozi), Vatanni muqaddas sanash, komil inson bo‘lishga intilish har qanday zamonda ham eskirmaydigan kadriyat hisoblanadi.

4. Farzandlar tarbiyasida qat- tiqqo‘llik bilan mexr-muhabbatni omixta qilgan holda ish tutgan ma'- kul. Darvoke, bu borada o‘z tajri- bamni aytib bera kolay. Uch o‘g‘lim bor. Azamat va Alisher rassom. Ijodi bilan ancha tanilib kolish- di. Bolaligida ularni rassomlik to‘garagiga olib borganman. Taniq- li musavvirlar Ruzi Choriev, Alisher Mirzaev, Akmal Nurning ustaxonalarida bo‘lib, maslahatla- rini olishgan. Bola baribir bola- Da, tengdoshlarining ko‘chada o‘ynab, to‘p tepib yurganiga havasi kelib, goho to‘garakka borgisi kelmay qolardi. Shunda men avval yaxshi gapirib, mashg‘ulotga borish zarur- ligini uqtirar, ular esa norozi bulib, «Bizni majburan rassom qilmoqchimisiz?» deya gap qaytari- shardi. Shunday paytlarda jahlim chiqib, yengilgina savalardim ham. Endi ular o‘sha kunlarni kulib es- lashadi, «Ota, o‘shanda to‘g‘ri qilgan ekansiz», deyishadi