Ota – ustun, Ona – tirgakdir!

By Saltanat Zunnunova, …, in 2010

1. Haqiqiy o‘zbek oilasining milliyligi xonadondagi zardo‘zi kashtalar, kuroq ko‘rpachalaru atlas yostiqlar yoxud shu oila a'zolari- ning o‘zbekona liboslarda yurishi bilangina belgilanmaydi. Haqiqiy o‘zbeklik - tongda supurib, suv se- pilgan darvozaxona, ozoda va sa- rishta o‘choqboshi, kelgan odamni ochik yuz bilan qarshi olish, yaqin- larining yaxshisini oshirib, yomo- nini yashirishda namoyon bo‘ladi. Milliylikning asosi ham eng avva- lo tarbiyada ko‘rinadi. Chunki far- zandlaringiz yangi asr bolalari. Ular balki zamonaviy kiyinishni xush ko‘rishar, lekin bunda me'yori- ni bilmog‘i, balki rus, ingliz tillarida saboq olishar, ammo o‘z ona tilini eng birinchi o‘ringa qo‘ymogi, ehtimol, kompьyuter, internet, te- levidenie deganlari hayotlarining ajralmas qismiga aylanib borayot- gandir, biroq yetti pushti kim, ota- bobolarining kasb-hunari nima edi, ota tomondan urug‘-aymog‘ini ta- niydigan, ularni nomma-nom bila- digan, o‘z navbatida farzandlariga xam shuni yetkaza oladigan darajada bo‘la olsa, buni haqiqiy o‘zbek oila- si deyish mumkin.
2. Ota- oila ustuni. Uning ga- pini ikki qilib bo‘lmaydi, ota rozi - Xudo rozi deb bejiz ta'kidlan- magan. Bu karashlar farzanddan, oila ahlidan nimani talab etadi? O‘z oilam misolida ayta qolay: Tur- mush o‘rtog‘im Shukurali Kodirov kurilish sohasida ishlaydi. Tabiiy- ki, asosiy vaqti ko‘chada. Ammo qachon uyga darvozadan sekin tomoq kirib kelishlari bilanoq hali-hanuz xud- di kelinlik paytlarimdagidek nima ish qilayotganimdan qatьiy nazar, «Assalomu alaykum», deb qarshi ola- man. Kirchillama kishmi, boshkami, doim yelkamda sochik, obdastada iliq suv bilan ko‘llarini chaydiraman. Shu... nima desammikan, qanchalar tajang kayfiyatda bo‘lmasin, darrov yumshaydilar. Bir qarashda bu arzi- magan yumushdek ko‘rinadi. Ammo o‘zin- giz o‘ylab ko‘ring. ona - farzand uchun birinchi oyna, bola taklid etishni o‘z onasidan boshlaydi. Mitti go‘dak uchun eng birinchi panoh ham ona bo‘lib tuyuladi. Ana endi shu inson- ning ota oldida o‘zini qanday tuti- shi farzandga bir umrlik ulgu-an- daza bo‘ladi. «Xay, to‘polon qilma, da- dang uxlayapti!», «Otangning tufli- sini tozalab qo‘ydingmi?» yoki «Xali shoshmay tur, dadangga aytib bera- man», degan oddiy, kundalik gapla- rimizni qancha tez-tez aytsak, shun- chalik oilada otaning o‘rnini mustaxkamlagan, farzand qalbida o‘z pada- ri buzrukvoriga nisbatan ehtirom tuygularini uyg‘otgan bo‘lamiz. Boya yuqorida, otani oila ustuni, degan- dik. Ona esa ana shu ustun yiqilmas- ligi, sinmasligi uchun uning poyi- da, kerak bo‘lsa yerga beligacha botib turgan kichkina, lekin o‘ta mustahkam tirgakdir.
3. Shunday qadimiy qadriyatla- rimiz borki, ular nafaqat zamona- viy oilalar uchun zarur, balki mil- lion yillarga ham asqotgulik be- baho boylikdir. Ulardan eng kerak- lisi chakalok dunyoga kelgandan ke- yingi 40 kunlik chilla, yangi tushgan kelinning er urug‘i qaynota, qayn-
ona, kaynonalariga hurmati (axir u dunyoga keltirajak farzandning av- lodi ular), shuningdek, kattalar so‘zlaganda yoshlarning sukut saklab turishi, birinchi bo‘lib salom ber- moq va xokazolardan iboratdir.
4. Qirq yillik oilaviy hayotim davomida turmush o‘rtog‘im bilan xu- doga shukrki, biron marta senu men- ga bormaganmiz. Farzandlarimiz oldida xech kachon urishib, tortish- maganmiz. Biror masalada kimdir nohaq bo‘lsa, bolalarga bildirmay, muhokama qilib, kelishganmiz. To‘g‘ri, ko‘plar bunga ishonmaydi. «Janjalsiz ro‘zg‘or bormi?», deyi- shi mumkin. Lekin men ishonch bi- lan aytaman, xa, bor!
Ana endi farzand tarbiyasidagi qattiqqo‘llik bu biz ota-onaning o‘zaro munosabatimizdagi har qanday vaziyatda ham iroda va aqlni ishga sola bilishimiz bo‘lsa, mexr-muxab- batimiz hech qachon ortiqcha erkala- tish, taltaytirishga aylanmaydi.
Farzandni tinglay bilish, so‘ng ohistalik bilan, joyi kelsa ayyor- lik ishlatib, uni to‘g‘ri yo‘lga solsa bo‘ladi. Ammo qattiqqo‘llik bolani faqat joxillashtirishi mumkin, shundan extiyot bo‘laylik.