Maktabda muloqot
Ko‘pchiligimiz biron o‘quv dargohi yonidan o‘tayotib, beixtiyor xo‘rsinib qo‘yamiz, to‘g‘rimi? Bu ham bejiz emas. Eng gullagan bolalik chog‘larimiz va yorug‘ xoti- ralarimiz esga tushadi. Ayniqsa, maktabga el suygan, ziyoli insonlar tashrif buyurganida yuragimizda qan- day shirin orzular tug‘ilgani-chi?
Kuni kecha poytaxtimizdagi fransuz tiliga ixti- soslashtirilgan 51-maktabda ham ana shunday unutil - mas uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Ustoz va mu- rabbiylar, o‘quvchilar davrasiga o‘zining "Ibrat", "Ko‘zlarimga surtgim keladi",", "Sen olovli yuraksan" singari qator ajoyib kitoblari bilan nom qozon- gan adiba, jurnalist Rahima Shomansurova va boshka ijodkorlar o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Maktab di- rektori Mohira Turdievaning e'tirof etishicha, bunday muloqotlar ertangi kunimiz egalari bo‘lmish yoshlarimiz hayotida ajoyib iz koldirishi bilan birga, ularning ma'naviy tarbiyasiga ijobiy ta'- sir ko‘rsatadi.