Barkamollik yo‘lida
Mamlakatimiz Prezidentining 2009 yil 1 iyulda 2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salo- matligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jis- moniy va ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samarador- ligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida"gi qarorida belgilab berilgan maqsad-vazifalarning mazmun-mohiyati hamda bevosita ijrosi bilan bog- liq holda "Sog‘lom, barkamol avlod uchun hamma mas' ul" deb nomlangan ko‘rgazmali seminar Namangan vi- loyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab tumandagi 1-mak- tabgacha ta'lim muassasasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan xayrli ishlar hamda "Onalar maktabi" faoliyati bilan yaqin- dan tanishdilar. Shundan so‘ng tumandagi Navkent KVP, 22- va 26-, 32- mumta'lim maktablari hamda Kukyor mahalla fuqarolar yig‘inida davom etgan seminar ishida xotin-qizlar va bolalar salomatligini himoya kilish, maktab-mahalla-oila hamkorligi mavzulari atroflicha muhokama etildi.
Viloyat miqyosida o‘tkazilgan ushbu seminarda Na- mangan viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzuraxon Azizova ishtirok etdi.