Hammaning havasi keladi

By Robiniso Ashurova, …, in 2010

Oqqo‘rg‘on tumanidagi "Do‘stlik" Fuqarolar yig‘ini hududida umrgu- zaronlik kilayotgan Navadovlar oilasiga ko‘pchilikning havasi ke- ladi. Xonadon sohibasi O‘rasulto- H(mahalladoshlarining ta'biri bilan aytganda, tinib-tinchimaydi- gan Olya opaning asli kasbi hisob- chilik, Toshkent qishloq xo‘jaligi(- hozirgi Agrar universitet) insti- tutini tamomlab, sal kam qirq yil buxgalteriya sohasida ishladi. Ayni paytda nafaqada bo‘lsa-da, uy- ro‘zgor, nevaralarining shirin tashvishidan ortmaydi. Bo‘sh fursat topsa, "Murod" fermer xo‘jaligi- ning ham hisob-kitob ishlariga qarashadi.
Aytgancha, Respublika turkman milliy madaniyat markazining faol a'zosi, mazkur oila ustuni bo‘lmish Alik aka Navadov esa uzok yillar shu xududda hosilot, bo‘lim boshligi vazifalarida mehnat kilib, el-ulusning duosini olgan insonlardan biri. Istiqlol yillariga kelib u kishi ham fermer sifatida faoliyat yurita boshladi. Mana, o‘n yilki, katta tajribaga ega bo‘lgan Alik aka rahbarligidagi "Murod" fermer xo‘jaligining 20 kishilik ahil, inoq jamoasi pax- ta, galla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirib, o‘z zimmala- ridagi rejalarni oshirib uddalashmokda.
- Bizlar O‘zbekistonni ona va- tanimiz sifatida qadrlab, ardok- lab yashayotgan eng baxtli turkman oilalaridan biri sifatida faxr- - lanamiz, - deydi O‘rasulton opa biz bilan suhbatda. - Uch farzan- dimiz xam oliy ma'lumotli. Tur- li sohalarda ishlashyapti. Kelinla- rimiz ham hamma havas qilgulik oila bekalari. Ko‘ni- qo‘shnilarimiz bilan ham nihoyatda qadrdonmiz, aka-uka, opa-singildek bo‘lib ketganmiz. To‘y-ma'rakamiz bir-birimizsiz o‘tmaydi.
Biror kun sal uzokrokka mehmon- ga ketib kolsak bor- mi, hammasi izlab, so- ginib kolishadi. Darvoke, nafaqat Oqqo‘rg‘onda, balki Toshkent viloyatida ham eng ibratli oila- lardan biri sifatida e'zozlashga arziydigan Navadov- lar xonadonidagi ahillik, mexr- oqibatlilik, eng muhimi, havas kilgulik fazilatlar haqida har kancha maqtov so‘zlarini yozsak ar- ziydi.