Huquqini bilgan yutqazmaydi

By Turdikul Normatov, …, in 2010

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respubli- kamizning turli hududlarida fuqarolarimiz- ning xukukiy madaniyatini oshirish, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari mohiyatini tushunti- rish maqsadida tuzilgan huquqiy targ‘ibot guru- hining navbatdagi uchrashuvi Toshkent viloyati- ning Toshkent tumanida bo‘lib o‘tdi.
-Ushbu muhim tadbirning bevosita joylar- da, ya'ni aholi bilan ochiq muloqotlar tarzida o‘tkazilayotgani juda foydali, — deydi tuman FXDYo bo‘limi mudiri Yulduzxon ROXATOVA. - Chunki bunday davra suhbatlarida Adliya va- zirligi, shu jumladan, hokimlik va huquqni mu- hofaza etish idoralari hamda tibbiyot, xalq ta'- limi singari vakolatli mahkamalardan vakil- larning ishtirok etayotgani tadbirning ahamiya- tini yanada oshiradi.
Shu kuni davra suhbatida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va milliy qonunchiligimizga kiritilgan ayrim o‘zgartish- lar, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish hamda yangi oila qurayotgan yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar xususida ham savol-javob, bahs-munozaralar bo‘ldi. Shuning- dek, 2010 - "Barkamol avlod yili"da bunday uchrashuvlarni bevosita yoshlar huzurida ko‘proq uyushtirish taklifi ham o‘rtaga tashlandi.
Davra suxbatida tuman hududidagi xotin-qiz- lar qo‘mitalari, mahalla faollari hamda tala- ba yoshlar ishtirok etishdi.