Ko’ngil butunligi vatan bilandir!

By Dilfuza Qo‘ziyeva, in 2010

Hech e'tibor berganmisiz, odat- da barcha o‘rta maktablar yoki boshka ukuv muassasalarida rahbarlarning maьnaviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari lavozimi- da anchagina kattiqqo‘l, tartib-inti- zom masalasini mahkam ushlaydigan «temir xonim»larni ko‘ramiz. Ammo qarshimizda muloyimgina jilma- yib turgan, Ma'mura Ibragimova bilan suxbatlashgach, Toshkent shax- ridagi 243- maktabning direktor o‘rinbosari bo‘lmish bu ayolning ib- ratli ishlari, aynan qay jixati bi- lan boshqalarga namuna ekanligini tushundik.
- Sizning asosiy vazifangiz o‘kuvchilarning tarbiyasi bilan bog‘- lik ekan. Ayting-chi, oilaviy tarbiya usullaringiz ham bormi?
- Oiladagi tarbiya usullari o‘ylab topilgan yoki biror bir maqsadni ko‘zla- gan xolda amalga oshiriladigan jarayon emas. Xamma narsa tabiiy tarzda, kon- qonimizga singib ketgan odatlarga aso- san yuzaga kelmog‘i kerak. Sababi, o‘zim katta oilada o‘sganman. Sakkiz nafar farzand edik. Ammo shunga qaramay, av- valdan oxiri qo‘limizdan kitob tushmas- di. Shuning uchun deyarli hammamiz oliy ma'lumotli bo‘ldik. Takdir taqozosi tu- fayli uchinchi kursda o‘qib yurgan payt- larim men o‘qiyotgan oliy dargohning sha- rkshunoslik fakulьtetida hind-urdu tili mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan Ansoriddin Ibragimovga turmushga chiq- dim. Shunday ekan, bizning bitta umumiy jihatimiz har ikkalamiz ham yaxshi o‘qishimiz, turmush ikir-chikirlari deb ilm olishdan uzoqlashib ketmasligimiz kerak edi. Ilmdan, izlanish va ishdan uzilmagan holda ketma-ket uch farzand- li bo‘ldik. O‘g‘lim Xirojiddin sharqshu- nos, xozirda «O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasida tarjimon. Kizlarim Muxlisaxon va Munisaxonlar ham sharq- shunos. Farzandlarimizga hech qachon or- tikcha va'z-nasihat qilganimizni eslol- mayman. Biz bolalarni mustaqil hara- kat kilishga o‘rgatganmiz. Ammo bu mus- takillik, erkinlik, ortiqcha erkalatish, aytganini bajo keltirishdan iborat bo‘lmagan, albatta. Shunchaki men xam, tur- mush o‘rtog‘im ham mudom o‘qish bilan band edik. Ayrimlarga o‘xshab boylik va dab- daba ichida yashamasak-da, maqtansa arzi- gulik kutubxona, darsxonamiz hammamiz- ning eng sevimli joyimiz edi. Biz bo- lalarni tergamasdik. Boisi, kamtar- lik shu darajada qonimizga singib ketganki, bolaning ustidan xukmron- lik kilishga intilishning o‘zi ham manmanlikning nishonasi deb hisob- lardik. Ham ota, ham onaning bir-biri bilan sekin ovozda gaplashishini, mu- loyim muomalasini ko‘rib ulgaygan bo- lalar bundan yomon o‘rnak olishi mumkin? Shuning uchun ham ishonch bilan ayta ola- manki, aynan KAMTARLIK birinchi o‘rin- da turgani uchun ham bolalarimizni bi- ror marta ham jazolash darajasiga bor- maganmiz. Ularning xatolarini to‘g‘ri- lashga, o‘zini o‘zi anglashga o‘rgatganmiz. Har doim har qanday sharoitda ismlarini to‘liq aytib, sizlab murojaat et- ganmiz. Bor-yo‘g‘i shu.
Va shukrki, adashmagan ekanmiz. Mak- tabga kelsak, yuqorida aytganimdek, mak- tab xam mening uyim. Bu yerda ham bola- larni, eng avvalo kamtarlikka o‘rgataman. Ko‘pchilik ota-onalar bolalarini moddiy jixatdangina ta'minlab qo‘yganini o‘sha bolalarga xurmat bilan murojaat eti- shingizda ularning ko‘zlari qanday yonib ketishidanoq bilinadi. Ana shunday paytlarda kerak bo‘lsa maktabda bolaga faqat muallim emas, ota-ona sifatida • xam yondoshamiz. Lekin nazorat ham qila- miz. Chunki mening fikrimcha, nazorat- uni qil, buni qilma, deyish emas, nazo- rat- sizning taklifingiz, aslo buyruq emas. Umuman, muloyim, sabrli bo‘li- shingiz bolani shaxs sifatida hurmat qilishingizni bildiradi. Bu esa uni mustaqil harakatga undaydi.
- Ko‘rinib turibdi, juda baxtli- siz. Yiglagan paytlaringiz ham bo‘lganmi?
- Bilasizmi, bir paytlar Vatanim- ning buyukligi va ulug‘ligini chindanda qattiq tuygan, uning tuproqlari isini, - tutzorlari, ishkomlarini o‘rtanib so- gingan paytlarim ham bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘im sharqshunos bo‘lganligi uchun qizim 4-5 yoshligida Hindistonda nak besh yil xizmat safarida bo‘lganmiz. U yerda bizga o‘xshagan oilalar juda ko‘p edi. Bolalarimiz uchun ham maktab bor edi. Turli millat vakillarimiz. Hin- dlarning ajoyib urf-odatlari, mil- liy qadriyatlari haqida hujjatli filьm ham suratga olganmiz. Ammo kachonki, egnimga atlas ko‘ylagimni kiyib chiqsam, har qanday millat vakili o‘zining hayratini yashirol- masdi. Atlas ming rangda tovlanib, Vatanimning jilolarini boshkalar nigohiga yetkazganmi deyman-da. Hindiston safarimiz har qancha xoti- ralarga boy bo‘lmasin, kichkinam yonim- da, turmush o‘rtog‘im birga, qavmu qarin- doshlar bilan xat yoki telefon orkali bog‘lanib tursak-da, kechalari yum-yum yiglab chiqqan paytlarim bo‘ldi. Asli- da kuz yoshini norozilik; ojizlik belgisi deb bilaman. Lekin takdirim- - dan norozi emasdim. Faqat... bilasiz- mi, uzoklarda mening katta bir bula- gim kolib ketgandek o‘zimni yarim se- zardim. Oilam bilan birga bo‘lib ham Vatanimni sog‘inardim. Chunki OILA VATAN bilan butundir. O‘shanda men bunga imon keltirgan edim