Chustda bir sulola bor
Chustda <<Abdurahim pichoqchi» nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahadjon Abdurahimovlar oilasini barcha xurmat bilan tilga oladi. Bobola- ri Azimjon va Abdurahim, otasi Ka- rimjonlar ham mashhur pichoqchi bo‘lishgan. Endilikda ular ota-bo- bolaridan meros bo‘lib kelayotgan bu xunarni davom ettirish bilan birga, uni e'zozlab kelishmokda.
Tuman hokimligining ma'navi- yat va ma'rifat bo‘limi bosh muta- xassisi Saidaxon Nasimxonova biz- ni chustning Do‘zandi mahallasi So‘fizoda ko‘chasida istiqomat qila- yotgan pichoqchi usta Ahadjon Abdu- rahimovlar xonadoniga boshladi.
Bir qarashda ustaxona kattagi- na korxona sexlarini eslatadi. Bu yerda ish qizg‘in, oila a'zolari- ning barchasi ish bilan band. Oila sardori Ahadjon aka temir parcha- larini olovda qizdirib, uni pichoq shakliga keltirsa, farzandlari Kodirjon, Orifjon, Odiljon, Xayrullolar pichoq uchun dasta tay- yorlashardi. Oila bekasi O‘g‘iljon opa va kelini Xadichaxonlar pichoq dastalariga turli naqshlardan gul solib, kishi havasini keltiradi- gan darajasiga yetkazardi.
Biz bilgan pichoqlar tayyor xolga kelib, xaridor qo‘liga tekkuncha bir necha jarayonda amalga oshiriladigan mashaqqatli mehnat yotadi. Xullas, temir parchalari- dan pichok yasash uchun xonadonning barcha a'zolari ishtirok etar ekan.
Axadjon Abdurahimov xonado- nidagi bir pichoq diqqatimizni tortdi.
- Fil suyagidan yasalgan dan- don sopli pichoq eng qadimiy hisoblanib, ota-bobolarimiz- dan esdalik sifatida saklanib kelinmokda, deydi Ahadjon aka.
-Pichokchilar hozirgi kunda yorma, bodomcha, chamandasta, chumchuq va etik sopli pichoqlar yasab, Chust xunarmandchiligi maktabi an'anala- rining mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shib kelayaptilar. Ahadjon aka ushbu kasbi orkasidan el orasida izzat-xurmatga sazovor bo‘layotir. Respublika hunarmandlari o‘rtasi- da o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kel- mokda.
Pichokchilarning ishlari orasida tinsiz qilich, hanjarlar va ularning giloflari kishi e'tiborini tortmay qo‘ymaydi. Ilon pustidan tayyorlangan giloflar shunchalik bejirim va did bilan yasalganki, go‘yo ajoyib san'at asa- rini eslatadi. Chust ustalari qo‘lida sayqal topgan pichoqlar nafakat Namanganda, balki yurti- mizning barcha hududlarida ma'-, lum va mashhurligining o‘zi bu hunarmandlarning ishiga berilgan yuksak bahodir.