Shukr qilib yashayman
Margilon pedagogika bilim yurtini bitirib, oʼzim taʼlim olgan maktabda mexnat faoliyatimni boshlaganligim xayotimning eng baxtiyor onlari edi. Sinf xonasiga kirib kelganda 36 nafar oʼquv- chining butun vujudi kulokka aylanib, koʼzlaridan, yuzlaridan otalik mexri sa- lobatini bera olgan birinchi ustozim Komiljon Yunusovning oʼqitish uslu- bi, gʼayrat-shijoati bir umr menga ib- rat edi. Ustozimga boʼlgan havas oʼqituv- chilik kasbini tanlashimga sabab boʼldi.
Toleimga «Ustoz» degan nom bi- tilganidan doim faxrlanaman. Kas- bim orkali odamlar mehr-muhabbati- ga sazovor boʼldim. Oʼzbekiston xalk taʼlimi aʼlochisi, oliy toifali bosh- langich taʼlim ustasi, «Аyol bar- kamol avlod murabbiysi» respubli- ka tanlovining gʼolibi boʼlishim shu kasbimni eʼzozlaganimdan. «Shukr kilib yashayman» sheʼriy toʼplamim, Kuyoshli yurt hakida doston» nomli bolalarga atalgan sheʼriy dostonim nashrdan chikib kitobxonlar qoʼliga yetib bordi. Shogirdlarim jamiyati- mizning, turli jabhalarida sidki- Dildan mexnat kilmokdalar. Men taʼ- lim bergan 5-sinf oʼquvchisi Kobil- jon Shermatovning «Balki mosh xam tush koʼrar» nomli birinchi sheʼriy toʼplamining chiqishidan quvondim.
Farzandlarim Аbrorjon, Xoldora- gli, Аkmaljon, Mohinurlar oʼzlari tan- lagan kasb boʼyicha xizmat qilishyapti. Ugillarimga opa-singillar Manzura- xon hamda Maʼmuraxonlarni kelin kilib tushirganmiz. Manzuraxon bosh- langich sinflarga, Maʼmuraxon esa tarix fanidan oʼzim ishlayotgan maktab- da sabok berishadi. Nabiralarim Di- lyora bilan Sarvarbeklar umrimizning mazmuni. Farzandlarimni jamiyatda oʼz oʼrinlarini topishlarida, koʼp yillar- Dan beri ichki ishlar sohasida ishla- yotgan umr yoʼldoshim Mamayunus Soli- yevning oilada oʼrnak boʼla olganligi tufaylidir.
Baʼzan el orasida yurganimizda turmushidan noliyotgan insonlarga duch kelamiz. Eng avvalo inson «Men ja- miyatga nima bera olayapman? Odamlar- ga kanday nafim tegayapti?» - degan savolni oʼziga berib koʼrmogʼi darkor. Men boshlangich sinf oʼqituvchisiman. Bolalarning mitti yurakchalariga pok- likni, sadokatni, iymon-eʼtikodni, muxrlay olsam, kelajakda yaxshi in- - son boʼlishim kerak, degan masʼuliyat- ni yuklay olsam oʼz burchimni ado etgap boʼlaman.