Uyat va mas’uliyat yo’qolsa
Tibbiyot odamda immunitet tan- qisligi virusini bir necha yoʼllar orqali yuqishini aniqlagan. Bular - jinsiy aloqa vaqtida, tanaga ziyon- zahmat yetganida, onadan bolaga homiladorlik vaqtida, tugʼruq jara- yonida, ona suti orqali oʼtishdir. 1981 yilda ilk bor namoyon boʼlgan bu xas- talikdan shu kunga qadar hech kim davo topmagan, undan himoya qiluvchi vaktsi na ham yoʼq. OITSga chalinganlarning koʼpchiligini giyohvandlar, yengil ta- biatlilar va boshqa maʼnaviy-tib- biy jihatdan axloqsiz ishlarga be- rilgan kishilar tashkil etadi.
Taassufki, butun dunyoni tashvish- ga solayotgan kasallik mamlakatimiz- ni ham chetlab oʼtayotgani yoʼq. Yurti- mizda bu kasallikka chalingan bemor ilk bor 1987 yilda roʼyxatga olingan.
Kasallikni yuqtirayotganlarning asosiy kismi yoshlar ekanligi ushbu dard kelajak uchun jiddiy taxdidli gidan dalolatdir. Mamlakatimiz aholisining deyarli yarmini 16 yoshga- cha boʼlganlar tashkil etishi inobat- ga olinsa, bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda bu bedavo dardning oldini olish, tashxislash va kasal- likka chalinganlarni davolash bora- sida keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Davlatimiz - rahbarining 2008 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Oʼzbekiston Respub- likasida OIV infektsiyasi tarqali- shiga qarshi kurash samaradorligi - ni oshirishga doir qoʼshimcha chora-tad- birlar toʼgʼrisida»gi qarori bu bo- radagi ishlarni yangi bosqichga koʼta- rishda muhim omil boʼlayotir. Ushbu hujjatga muvofiq, OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasida- gi ishlarni muvofiqlashtirib bo- ruvchi Respublika komissiyasi tuzi- lib, OITSga qarshi kurash markazla- rining moddiy-texnik bazasini mus- tahkamlashga doir vazifalar belgilandi. Prezidentimizning ushbu qarori ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - ning << OITSga qarshi kurash markaz- larining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori qabul qilindi. 2009-2011 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida OIV in- fektsiyasi tarqalishi profilaktika- si boʼyicha saʼy-harakatlar milliy rejasi ishlab chiqildi.
Mamlakatimizda inson manfa- atlarini muhofaza qilish, OIV/ OITS, giyoxvandlik singari illat- larga qarshi kurashish, kelajak av- lodlarga sogʼlom muhit va farovon jamiyatni meros qoldirish davlati- miz rahbari yuritayotgan siyosatning ustuvor yoʼnalishlaridandir. dey- di Toshkent shahar OITSga qarshi ku rash markazi bosh shifokori Sobir Usmonov. Prezidentimiz tashabbu- si bilan jamiyatning barcha jabhala- ri, jumladan, tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ja- rayonida bu boradagi vazifalarni xayotga tadbiq etishga alohida eʼti- bor qaratilayotir. Bunda davlatimiz rahbarining 2007 yil 19 sentyabrda kabul kilingan "Sogʼliqni saqlash ti- zimini isloh qilishni yanada chuqur- lashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirish- ning asosiy yoʼnalishlari toʼgʼrisi- da"gi Farmoni muhim omil boʼlayotir.
Oʼzbekiston Respublikasining - 1999 yilda qabul qilingan "Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligi -- ning) oldini olish toʼgʼrisida"gi qonunida epidemiyaning oldini olishning asosiy tamoyillari, chet ellik- lar va mamlakatimiz fuqarolari kon- fidentsial yoʼl bilan nazoratdan oʼtishi, aholini ogohlantirish, be- morlarga bepul tibbiy yordam koʼrsa-.. - tish, ularni ijtimoiy muhofaza kilish kabi masalalar oʼz ifodasi- ni topgan.
Mamlakatimizda, shu jumladan, poytaxtimizda OIV/OITS epidemiya- si tarqalishiga qarshi kurash dastu- ri izchil xayotga tadbiq etilmokda. Bunda nafaqat tibbiyot muassasala- ri, balki taʼlim, huquq-tartibot ido- ralari, mahallalar, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, jamoat, nodav- lat notijorat tashkilotlar ham faol ishtirok etayotir. Qon xizmati xavf- sizligini taʼminlash va donorlik- ni rivojlantirishning mustahkam xukukiy asosi yaratilgan. Nikohlanuv- chi shaxslarni tibbiy koʼrikdan oʼtka- zish tizimi yoʼlga qoʼyilgani oilada soglom farzand tugʼilishi va kamol- ga yetishini taʼminlashga xizmat qilmokda. Аholi, ayniqsa, yoshlar orasi- da sogʼlom turmush tarzini targʼib etish, yigit-qizlarni turli salbiy Illatlar taʼsiridan asrash, ularni oilaviy hayotga tayyorlashga alohida eьtibor qaratilayotir.
Shuni taʼkidlash lozimki, OIV/ OITS nafaqat tibbiy, balki maʼna- viy-axloqiy kasallikdir. Аytaylik, gripp, gepatit singari yukumli kasal- liklarning yuqishi koʼproq tashqi omil bilan bogʼliq. OIV/OITSni esa, be- ozor aytganda, koʼp hollarda odam oʼzi "sotib oladi". Аlbatta, zararlangan donorlik qonidan, onadan homilaga oʼtish kabi holatlar bundan mustasno. Demoqchimanki, xalqimizning uzoq asrlik anʼana va qadriyatlariga, maʼ- naviy-axloqiy qarashlariga zid il- latlardan uzoq yurgan kishi bu kasal- likka chalinmaydi. -.
Jahon miqyosida olib qaralganda ham, mamlakatimizda ham bu kasal- likka chalingan bemorlarning aksari- yatini giyohvandlar tashkil etadi. Ular orasida OIV/OITSning keng tarqalishiga asosiy sabab virus bi- lan zararlangan, koʼp marotaba ishla- tilgan shpritslardan foydalanish- dir. Demak, bu ikki illatga qarshi oʼzaro boglik holda, kompleks ravish- da qarshi kurash olib borilsagina ku- tilgan samaraga erishish mumkin..
Markazimiz xodimlari bu bora- da keng tushuntirish ishlarini olib bormokda. Аna shunday profilaktik tadbirlar natijasida bu dardga yoʼliqayotganlarning soni, sekin boʼlsa-da, kamaymokda.
Giyoxvandlikka mubtalo boʼlib, un- dan soʼng OIV infektsiyasini yuqtir- gan koʼplab yigit va qizlar bilan suh- batda boʼlamiz. Kuzatishlarimizdan xulosa kilib aytganda, yoshlarning bu yoʼlga kirishida koʼpincha oilasidagi muxitning nosoglomligi, bola tarbiya- sining oʼz holiga tashlab qoʼyilgani, baʼzi ota-onalar farzandining orzu-intilishlari va qiziqishlari- ga befarqligi asosiy sabab boʼladi.
Kasallikni jinsiy yoʼl bilan yuqtirayotganlar soni oshib borayotga- nini tan olmay ilojimiz yoʼq. 2008 yilda Toshkentda OIV infektsiyasi aniqlangan kishilarning 30 foizi ana shu yoʼl bilan mazkur dardga yoʼliqqan. Ularning asosiy qismini yengil tabiat ayollar, tana savdosi kurboniga aylanganlar tashkil etadi.
Takror aytaman, maishiy buzuqlik OIV/OITS kasalligini keltirib chiqaruvchi eng asosiy sabablardan- dir. Xalqimiz bu illatni qattiq qoralaydi. Shunga qaramay, ayrim yurtdoshlarimizning zinoni odat qilib olgani achinarli holdir. Bir oilaning ayanchli takdiri bunga mi- sol boʼla oladi. Xalqimizda kush uyasi- da koʼrganini qiladi, degan naql bor. Oʼsha oilada otaning notoʼgʼri qadam - olishi oʼgʼillariga ham taʼsir qilgan. Kasallikka chalingan suyuqoyok ayollar bilan aloqada boʼlgan ota va oʼgʼillar kasallikni oilasiga olib kirgan. Koʼni-qoʼshnilar, mahalla-koʼy bu oila- ning ostonasiga yoʼlamay qoʼygan,
Nikox kurishdan oldin belgilan- gan tartibda tibbiy koʼrikdan oʼtmas- lik, konuniy nikohsiz birga yashash, tibbiyot xodimlarining maslahatla-- riga amal qilmaslik oqibatida ay- rim yigit-qizlarning umri xazon boʼlmokda.
Markazimizda bir yosh juvon suhbatda boʼldi. Uning aytishicha, nikoh- dan oʼtishidan oldingi tibbiy koʼrik paytida boʼlgʼusi kuyovda OIV infek- siyasi borligi aniqlangan. Lekin shunga qaramay, ular turmush qurishgan.
Oqibatda homilam muddatiga yetmay tugildi, dedi juvon. Tib- biyot xodimlari bolam va mening qonimni tekshirgach, OIV infektsiya- si borligini aniklashdi.
Xa, OITS yuqishiga sabab boʼladi- gan giyoxvandlik, axloqiy buzuqlik xalqimizga, millatimizga yot illat- lardir. Shu bois farzandlarimiz- ni madaniyatli va yuksak maʼnaviyatli insonlar etib tarbiyalasak, asr ulati atalmish bunday kulfatlarning yoʼliga mustahkam toʼsiq qoʼygan bulamiz.