Ota – harbiy, ona ham
Toshkentda havas qilsa arzigudek bir oila bor. Maxmurbek Аramov ham, Xonigul Sanaqulova ham harbiy soha ki- shilari. Kaxramonlarimiz xonadoniga kelganimizda dam olish kuni boʼlgani uchun Xonigul oshxonada kuymalanayotgan, Maxmurbek esa oilaviy alьbomlarida- gi suratlarni tomosha qilayotgan ekan, U bizga suratlardan bittasini uzatdi. Suratda xarbiy kiyimda uch kishi kulib turar, ularning biri Maxmurbek edi..
-Bu polkovnik Rashid akam Chilonzor tumani mudofaa boʼlimi bosh- ligi, yonidagisi esa ukam, podpolkov- nik Iftixor Аramovlardir. Oilamiz- da uch kishi, ayolim bilan esa toʼrt kishi harbiymiz, -dedi Maxmurbek faxrla- nib.
Harbiylarning hayoti oʼziga xos. Bir yerda mukim turmaydi. Poytaxtga kelgun- lariga qadar Maxmurbekning oilasi xizmat taqozosiga koʼra, Nukus shahri da va Samarkand viloyatida ham yashadi. Xozirda Maxmurbek Toshkent Kurolli kuchlar akademiyasida kursantlarga aloqa mutaxassisligidan saboq beradi. Xonigul esa Toshkent harbiy okrugida ishlaydi. Uch farzand - Ulugbek, Usmon- bek va Yulduzxon ota-onasiga koʼmakchi.
Turmush oʼrtogʼining kasbi orqasidan turli joylarda, turli sharoitlarda yashovchi oila bekalari har qanday sha roitga moslashishga majbur. Shu bois Xo- nigul bilan turmush qurishayotganida Maxmurbek boʼlajak rafiqasiga:
Xayotimiz oson kechmaydi, koʼp ma- shaqqatlar boʼlishi mumkin. Kasbim hamisha hushyorlikni talab etadi. Xar- biy xizmatim taqozosi bilan kechami, kunduzmi, zarurat tugʼilgan zahoti xiz- mat joyimda boʼlishim shart. Shunday damlarda menga turmushga chiqqaningdan afsuslanmasang, bas, degandi.
Shunga ham 16 yil boʼlibdi. Xonigul egnidagi harbiy libosi oʼziga yarashib turadigan, qatʼiyatli bu yigitga turmush- ga chiqqanidan afsuslanmadi. Xar qan- day vaziyatda ham bir-birini tushunish- di.
Oʼzi ham shu sohada ishlashni orzu kilardi. Nixoyat niyatiga yetib, harbiy lar safidan joy oldi. Bugun u Toshkent. xarbiy okrugida tarbiyaviy ishlar boʼyi- cha ish yurituvchi boʼlib ishlaydi...
- Ishga kirishdan oldin Maxmurbek aka bilan maslahatlashdik. U kishi, agar ikkimiz ham harbiy boʼlsak, qiynalib qolmasmikanmiz? Vatan va oila oldi- dagi burchimiz birdek ortadi. Ikkisi- ga ham baravar ulgurishimiz kerak boʼla- di. Bu yokda bolalar tarbiyasi, uy-roʼzgor yumushlari deganday? Zimmamizdagi masʼuliyat jiddiyligini unutmaylik, dedilar.
Xarbiy xizmat qonun-qoidalari- ni egallashimda asosiy ustozim ham Maxmurbek aka boʼldilar. Bugun men xayotimdan mamnunman, ayol uchun bundan ortik baxt boʼlmasa kerak, - deydi Xonigul
Xonigul uy bekasi sifatida ham, jamiyatda ham oʼz oʼrnini topgan. Ulgʼay- ib kolgan farzandlari roʼzgor yumush- larini bajarishda onasiga yordam berishadi.
Oʼgʼillari Usmonbek bilan Ulugʼbek- ning qalbida allaqachon ota-onasi kas- biga xavas uygongan. Maxmurbek kam otasi Ravshan Аramovning yoʼl-yoʼriq va maslahatlari bois, shu sohaga qiziqib qolgandi.
Ravshan ota maktabda avval oʼqituvchi, soʼng direktor boʼlib ishladi. Keyincha - lik esa oʼkuvchilarga harbiy taʼlimdan dars berdi. Farzandlaridan hech boʼlma- sa bittasi oʼz izidan borishini juda xam istardi. Buni qarangki, Ravshan ota- ning orzulari roʼyobga chikdi...
Maxmurbek maktabda oʼqigan payti dan boshlab harbiy aloqa mutaxassisli- giga kizikardi. Shu bois avvalo u Samar- qanddagi maxsus harbiy maktabda, soʼng Tomsk shahridagi aloqa bilim yurtida taxsil oldi. Keyinchalik Toshkent Kurolli kuchlar akademiyasida aloka mutaxassisligi boʼyicha oʼqib, bilimini mustaxkamladi.
U 2003 yilda Nukus Shimoliy Xar- biy okrugi aloqa boʼlimi boshligi va- zifasiga tayinlandi. U yerda bir necha yil ishlagach, Samarqanddagi aloqachi- lar xarbiy kismiga oʼtkazildi. Bu vaqtda ularning farzandlari ancha katta boʼlib qolishgan, yashab turgan joylari- da oʼzlariga doʼstlar orttirishga ham ulgurishgandi.
Koʼp oʼtmay Maxmurbek Toshkent Kurol- li kuchlar akademiyasiga ishga chakirildi. Oʼshanda koʼchishga hozirlik koʼrisha- yotganda katta oʼgʼli Xoniguldan
-Аyajon, qaerga koʼchayapmiz? Yana Oʼrtoqlarimizni tashlab ketamizmi? - deb soʼraganida Maxmurbek nafaqat ayoliga, balki farzandlariga ham oson emasligini tushungandi. Shunga qaramay oʼgʼillari Usmonbek bilan Ulugbekning xarbiy sohaga qiziqa boshlaganlaridan ichida mamnun boʼldi.
Bu axil va baxtli xonadon boshligʼi podpolkovnik Maxmurbek Аramov shax- siy tarkibdagi namunali ishlari uchun 1997 yilda Yurtboshimiz farmoniga binoan «Jasorat» medali bilan taq- dirlandi. Maxmurbekka berilgan bun- day yuksak mukofotdan Samarkand shax- ri. Pastdargʼom tumanidagi Mirza Dan- gal jamoa xoʼjaligida yashaydigan Ravshan ota bilan onasi Maxfirat ayaning bosh- lari koʼkka yetdi. -
Oila aʼzolarining bir-birlariga boʼlgan oʼzaro mehru oqibatni koʼrib havasimiz keldi.
- Biz harbiylar uchun yurtimizning tinchligi bebaho neʼmatdir. Chunki Va- tanimiz tinch boʼlsa, oilamiz va farzandlarimizdan xotirjammiz. Men oʼz ishim, tanlagan kasbim bilan faxr- lanaman,- deydi Maxmurbek.
Yurtimiz osudaligini koʼz qorachi- gidek koʼriqlaydigan, koʼksi qalqon mard oʼgʼlonlari borligi koʼnglimizni tor- dek yuksaltiradi.
Biz faxru iftixorimiz va posbon- larimiz boʼlgan barcha harbiylarni, shu- lar qatorida Xonigul va Maxmurbek Аra- movlarni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Ular mudom oʼz joylarida sergak va xushyor ekanlar, yurtimiz osoyishtaligi, tinchligiga hech qanday yovuz kuch raxna sololmaydi.