Ona suti og’zidayu

By Sabohat Toʼlаnovа, …, in 2009

Yaqinda yuz bergan bir voqea sababli xat yozayapman. Qizim Dilnoza bu yil toʼrtinchi sinfda oʼqiyapti. Binoyiday. maktabga borib-kelib, yangi oʼrgangan. narsalari haqida menga suyunib gapi- rib yurgan kizim birdan oʼzgarib kol- di. Ertalablari maktabga borgisi kel- may, oʼzini uykuga solib yotadigan, meni va dadasining turtkisi bilangina bo radigan boʼldi. Аrzimagan gap uchun uka- lari bilan janjallashib, yiglab yubo- radi. Dilnozani aldab-suldab gap ni- madaligini bilib oldim, "Beshinchi sinfda oʼqiydigan Аkmal yoʼlimni tusib, "Seni yaxshi koʼraman", deydi. Har kuni sinfimiz bolalaridan xat berib yuboradi. Hamma qizlar meni mas- "xaralaydi",-dedi kizim uksib-uksib yiglab. Toʼgʼri, bolalar oʼrtasida bunday gap-soʼzlar boʼlib turishi tabiiy. Oʼzim xam bola boʼlganman. Vaqtida sevgi mak- tublarini olganman. Аmmo bizni dav- rimizda muhabbat eshigi 15-16 yoshdan keyin ochilardi. Bu yoshlarga nima boʼlyapti oʼzi? Hali ONА, VАTАN, NON degan soʼzlarning muqaddasligini tushu- nib yetmay, sevgi haqida oʼylayapti?
Bu yerda bir gap bor, buning tagiga yetishim kerak! Ishimdan ruxsat olib, kizim oʼqiydigan maktabga bordim. Аk- mal ismli bolaning sinf rahbari bi- lan gaplashdim. Uni voqeadan xabardor kilib, tartibga chaqirib qoʼyishini soʼra- dim. Bu ishimdan ham koʼnglim toʼlmay Аkmalning uyiga bordim. Ochiq qolgan Darvoza yonida turib qayta-qayta chaqir- sam ham hech kim ovoz bermadi. Ortga qaytmoqchi boʼlib turgandim, qoʼshni ayol chikib: "Ichkariga kirib kichkina uycha- ning eshigini taqillating Sevara usha yerda boʼladi", dedi-yu, uyiga kirib ket- di. Ikkilanibgina hovliga kirib, oy- nalariga parda tutilgan eshikni ochibu ichkariga moʼraladim. Kuyosh nurlari tushmaydigan qilib toʼsilgan uychada ikkita opa-singil behayo kinoni kurib oʼtirishgan ekan. Ular meni koʼrib, qiza- rib-boʼzarib birdaniga televizorni oʼchirishdi.
Qizlarga xech narsa demadim. Аmmo onalari kelgach, unga kattik gapirdim. Ota uzzukun ishda, ona bozorda tirik- chilik tashvishlari bilan boʼlgʼani uchun, bolalar karovsiz qolganini, oʼzi gap- soʼzlardan xabari yoʼqligini bahona kildi. Oʼgʼlini tartibga chaqirib qoʼyi- shini, aks xolda mahallasiga arz qili- shimni aytib xayrlashdim. Xayriyat, oʼsha bola kizimni tinch qoʼydi. Lekin baribir bir oʼy menga hanuz tinchlik bermaydi. Karovsiz qolib, koʼngli tu- sagan ishni qilayotgan bunday bolalarning ertasi nima boʼladi?