Orzulari ushalgan inson
Buxorodagi "Sitorai Moxi- | Xosa" sanatoriyasi haqida gap ketsa, dastlab mohir shifo- kor, dilkash inson, bilimdon rahbar Abdulla aka Hakimov nomi tilga olinadi. U ko‘p yil- lardan buyon viloyat sog‘liqni saklash tizimida chin dildan xizmat kilib kelayotgan, el- ning duosini olayotgan isteь- dodli shifokor. Bu shifo maskaniga kelganlar avvalo Abdulla akaning samimiy sux- batidan davo topadilar. So‘ng u yerdagi shart-sharoit, tang- ri ato etgan mo‘'jiza ma'- danli buloq suvi tufayli kasallikdan xalos bo‘ladilar. Bu haqda Abdulla akaning o‘zi ham hayajonlanib so‘zlaydi:
-Buyrak bel sohasida, umur- tka pogonasining ikki tomo- nida yotgan juft a'zo. Tanada moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan tash- landik va zararli moddalar jigar orqali filьtrlanib, buyrak orqali chiqib ketadi. Bu borada teri, o‘pka, so‘lak bezla- ri buyrakning o‘rnini bosa olmaydi. Organizmdagi jami qon buyrakdan bir sutkada qariyb 360 marta o‘tib, yetarli- cha tozalanib turadi. Bu sizga tanamizning ustuni bo‘lmish buyrak haqida ma'lumot. Issiq jon isitmasiz bo‘lmaydi, buy- rak ham kasallanishi hech gap emas. Ammo parvardigorning inoyatini qarangki, bundan 32 yil muqaddam yerning 1550 metr qa'rida odam organizmidagi barcha organlarga davo 48 dara- ja issiklikdagi ma'danli suv katlami borligi aniqlandi. Ma'danli shifobaxsh suv muo- lajalari buyrakdagi mayda toshlar, tuzlar va uning yallig‘lanishi, prostata bezlari ka- salliklariga chalinishining oldini oladi. Sanatoriyamiz ma'danli suv muolajasi Je- leznovodsk, Yessentuki, Trusko- ves kurortlari muolajasidan ustun bulsa ustundir, ammo kam emas. Rossiyaliklar va boshqa davlatlardan keladigan bemor- lar yozgi mavsumda sanatoriya- mizga bejiz oqib kelishmaydi. Yana bir sababi, ma'danli suv tarkibi sulьfat xlorid va na- triyga boy.
Darhaqiqat, "Sitorai Moxi- Xosa"dagi suv muolajasi orq- ali moddalar almashinuvi, av- valo suv va tuz almashinuvi tar- tibga solinadi. Davolanish ja- rayonida siydik yo‘li mushakla- ri bo‘shashib, suyuqlik ajrali- shi yaxshilanadi. Buyrakda umu- man ogrik sezmay, kushday yen- gil organga nima yetsin?
Azal-azaldan salomatlikning baxosi xech qachon pasaymagan. Chunki sog‘liq yo‘q joyda na ro- xat-farog‘at, na yaxshi kayfiyat va na xalovat bor. Hayotdan lazzat- lanishga, uning qadriga yetishga, baxra olishga chog‘langan inson- lar uchun sanatoriyada barcha sha- roitlar muhayyo etilgan. Ma'danli suv, parafin oze- kerit, shifoli balchiq, turli usuldagi ukalash, fiziotera- pevtik, shifobaxsh o‘tlar bilan davolash, jismoniy badantar- biya kabi 43 xildagi muolaja- lar yuksak saviyada, risoladagidek mexr bilan olib boriladi. Bugungi kunda eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihoz- langan sanatoriya nafakat buy- rak, balki oshqozon-ichak, tayanch sistemasi organlari, bepusht- lik, gipertoniya, qandli diabet kasalliklarini davolashga ham ixtisoslashgan.
Abdurasul Hayitov, Hayitgul Kurbonova. Nasiba Azimova, Shukurjon Ro‘zieva, Ruxsat Adi- zova, Hikmat Safoev singari salomatlik posbonlari "Sito- rai moxi xosa" iftixoriga, dam oluvchilar hurmatu ishonchiga sazovor bo‘lishgan.
Tugma iste'dod sohibi Abdul- la Hakimov sanatoriyani 24 yil- dan beri boshqarib kelmokda. Bolaligi Shofirkonning Tezgu- zar qishlog‘ida o‘tgan. Tibbiyot sohasiga mexr qo‘yishiga uning raxmatli yaznasi, el suygan in- son Arab Mo‘minov, opasi Mari- fa hamda akasi Abdumalik aka sababchi va raxnamo bo‘lishgan. Darhaqiqat otadan yosh ayrilgan tirishqoq yigit barcha sinovlar- ga bardosh berdi. Yillar alday o‘tib ketdi. O‘tgan asrning 1969- 1974 yillarida u Qiziltepa tu- manidagi markaziy shifoxona- da bosh hakimlik qildi. Yosh shi- fokor tinim bilmay izlandi, hamkasblariga namuna bo‘ldi. O‘sha yillar u ko‘zga tashlanib rahbarlik hadisini oldi. 1975-1980 U yillarda 2-marka- ziy kasalxonaga yetakchilik qildi. U kishi xamkasblari bilan o‘tkaz- gan nihollar bugun ko‘kka bo‘y cho‘zib, tarovat baxsh etib turibdi. 1980 yildan boshlab, to‘rt
yil davomida Abdulla Haki- movich viloyat sog‘liqni saq- lash boshqarmasiga boshchilik kildi. Tibbiyotni rivojlan- tirish sohasida o‘ziga xos iz qoldirdi, maktab yaratdi. Abdulla akaning ma'naviy olami keng, hofizasi ba- land. U olim bilan donolar- ga xos, dexkon bilan dehqon- chasiga, shifokor bilan. duxtir sifatida, qalamkash bilan xayotni ko‘rgan, tani- gan, bilgan insonday, san'- atkor bilan ashaddiy shina- vandaday, muallim bilan tar- biya ko‘rgan tarbiyachiday mulo- qot qila oladi. Ba'zan o‘zi ham qo‘liga qalam olib, qalb tug‘yonlarini oq qog‘ozga to‘ka- di. Dardlarini nozik satr- larda ifoda etadi.
Xa, elning olkishi-yu, duosi- ni olishga muyassar bo‘lgan Abdulla Hakimov kadrdon ja moasi va mehribon oilasi borligidan faxrlansa arziy- di. Turmush o‘rtogi Ra'no opa Saidova bilan 5 farzandini tarbiyalab, elga qo‘shdi. Bukun 13 nabira va abiralar ardo- gida baxti bekam bobo bo‘lib yurganidan masrur.
Abdulla aka haj safarini ado etib kaytganlar. Hojibo- bo bugun nabiralar ogushida shodmon...
Bularning barchasini bir so‘z bilan inson baxti, deb aytsak xato bo‘lmaydi. To‘g‘ri- da, insonga baxt kerak. Uning bunga haqqi bor. Kanchalik mashaqqat, so‘qmoqli yo‘llar, tazyiqlar bo‘lmasin, u baxtga intilishi shart.
Darvoke, yana bir haqiqat bor. Iloji bo- richa ko‘proq odamlarga baxt in'om etgan kishi eng baxti- yor kishi, deydilar. Bu kalom- ni anglaganlar orasida sharq durdonasi Buxoro- ning benazir, pok, to‘g‘ri so‘z, mumin farzandi Abdulla Hakimov ham bor. O‘z yo‘lini topish, o‘z o‘rnini bilish, sha'nini pok saqlash, kamtar- likni ulug‘lash, xalq xizma- tiga belbasta, kamarbasta bo‘lish, oxir-oqibat o‘zligini tanish u kishining jaydari falsafasidir.
Biz xam benazir shifokor, ajoyib inson Abdulla Haki- movga doimiy tetiklik, xayr- li ishlariga rivoj tilaymiz.