Maqollarda hayot hikmati
Dars boshlandi. Auditoriyada tinchlik xukmron. Faqatgina domlamizning o‘zbek xalq og‘zaki ijodining janrlaridan biri bo‘lgan xalq maqollari to‘g‘risi- dagi ma'ruzasi talabalar tomonidan berilib tinglanmoqda. Ma'ruza mavzu- si bo‘yicha berilayotgan yangi ilmiy ma'- lumotlar auditoriya tinglovchilarini o‘ziga mahliyo qilib olgan. Ma'ruzadan shu narsa ma'lum bo‘ldiki: "Maqol arab- cha "kavlun"dan olingan bo‘lib "hikmat- li so‘z" tushunchasini anglatar ekan. Bundan ming yil avval ajdodlarimiz maqollarni "sav" - deb atashgan. Ali- sher Navoiy ijodida makol atamasi "masal" - "Masaldurkim uyku o‘limdur" tarzida beriladi. Hozirda, xalq og‘za- ki ijodida 13 mingta maqollar mav- jud bo‘lib, M. Qoshg‘ariyning "Devonu- Lugotit-Turk" asarida 300 ga yaqin ma- qollar keltirilgan ekan.
-Men ham ushbu darsda olgan bilimla- rimni yanada mustahkamlash maqsadida "O‘zbek xalq maqollari" kitobini olib bir boshidan o‘qib chiqa boshladim. Shun- da e'tiborimni quyidagi maqollar o‘zi- ga tortdi: "Oila ahil bo‘lsa, omad o‘z oyogi bilan kelar", "Oila qo‘sh ustunli ayvon", "Xusn to‘yda kerak, mehr kunda", "Ona bilan bola, gul bilan lola ...
Ma'lumki, har bir inson hayoti be- vosita oila bilan chambarchas bog‘lik- dir. Negaki, oilasi notinch odamning halovati buzilib o‘qishi va ishida umu- man baraka bo‘lmaydi. Bu kabi notinch sharoitda tarbiyalanayotgan murg‘ak bo- lalar ham o‘z tengqurlari orasida o‘zlarini taxqirlangandek his qila- dilar. Oxir-oqibatda esa bu kabi alamzada farzandlar ulg‘ayganlaridan keyin xam na ota-onaga, na jamiyatga biron-bir naf keltirmaydigan man- kurt bir shaxsga aylanadilar.
Shuning uchun oila qurayotgan har bir yosh kelin-kuyovlarimiz o‘tkinchi ishq- xavasga erta berilmasdan, muqaddas dargox sanalgan oilaning tinchligi, to‘la-to‘kisligiga bo‘lajak ota-onalar birdek javobgar ekanliklarini ang- lab, dunyoga keladigan farzandlarini yetuk inson darajasiga yetkazib tarbiya- lash o‘z mas'uliyatlarini chuqur his qilmoqlari darkor. Mening fikrim- cha, oila kurish masalasida biz yoshlar xech shoshmay, "Yetti o‘lchab, bir kes", - degan maqolga qat'iy amal qilsak is- tak-maqsadimizga vaqti-soati bilan erishgan bo‘lar edik.
Shu o‘rinda o‘zbek xalq maqollari tur- kumini televidenie, radio orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarda, matbuot- da esa aloxida rukn ostida doimiy ra- vishda berib borilsa, yosh oilalar o‘rta- sida hozirda tez-tez yuzaga kelayotgan kelishmovchilik hamda qo‘ydi-chikdilar- ning oldini olishga munosib bir hissa qo‘shilgan bo‘lur edi, deb hisoblayman.