Quvalik “MICHURIN”

By Ravshan Isoqov, …, in 2008

Utgan yil kuz oxirlarida Marg‘ilonga boradigan bo‘ldik. O‘ylab ko‘rsak, dovon oshib yetib borgunimizcha, korongu tushib kolar ekan. Tunni Kuvada o‘tkazib, erta- labda Margilonga kirib bo- rish bizga ma'qul ko‘rindi. Tanishimiz bizni uylari sovuq bo‘lgani uchun (qish mav- sumida uyida gaz bosimi pasayib ketgan ekan) Kuva markazidagi qaynotasiniki- da kutib oladigan bo‘lishib- di. Xullas, aytilgan joyga kirib borganimizda soat tungi 12 bo‘lib qolgan edi. Dasturxon yozib bizni kutib o‘tirishgan ekan.
Birinchi borayotgan joyi- miz-Toshkentdan ul-bul, bozorning eng oldi sarxil mevalaridan, dovondan esa bir-ikki xil patir non- lardan xarid qilib olgan- dik. Dasturxon atrofiga o‘tirgach, o‘zimiz bilan olib borgan bozorning eng oldi mevalari ko‘zimga oddiygi- na kurinib ketdi. Chunki mezbon dasturxonga qo‘ygan mevalar oldida ular juda garib edi. Suhbat asnosi- da, bu ajoyib, ko‘rgan ko‘zni yashnatadigan, mazali, suv- li va sarxil mevalar shu v xonadonning o‘zida yetishti- rilganini eshitgach, xayra- timiz yanada oshdi. Mevalarning sarxilligi- dan hayratimiz oshganini ko‘rib, tanishimiz: "Bu yer- larda kaynotamni hamma "Michurin" deyishadi. Nafa- kada bo‘lsalar-da, bog yara- tishdan charchamaydilar,-deb izoh berdilar. Hali er- talab ko‘rasizlar, kichkina- gina tomorqalarida nok, xur- mo, bexi, shaftoli, gilos, o‘rik, anor, anjir, olma, uzum, qo‘yingki, yo‘q mevaning o‘zi yo‘q. Hech yo‘g‘i o‘zlari uchun bir-ikki tup ekib ko‘yilgan. To‘y-ma'rakalar o‘tkazsak, bo- zordan meva sotib olmaymiz. Toshkentda ham qarindoshlari- miz bor. Biron yig‘in qilish- sa, bir-ikki yashik meva olib boramiz. Shu bilan dasturxon- ga fayz kirib turibdi-da. Mening hovlimdagi mevali daraxtlarni ham o‘z qo‘llari bilan o‘tkazib, payvandlab ham berganlar"...
Ertalabga tayyorlangan masta- vani katiglab ichib, meva-che- valardan tanavvul qilgach, bir oz muddat hovli aylanadigan bo‘ldik. Tomorqa unchalik ham katta emasligini ko‘rib, shu joydan oila ehtiyojidan oshi- rib hosil yetishtirayotgan xo- nadon sohibiga hurmatim oshdi. Axir keng tomorqasini chulga aylantirib, ikki tup mevali daraxt ekib qo‘yishga yaramaydiganlar qancha.
Ushbu xonadondan ilik taas- surot bilan Marg‘ilonga yo‘l oldik. Marg‘ilon safaridan Toshkentga qaytgach ham bu ajoyib xonadon sohibi haqida, uning oilasi to‘g‘ri- sida yozish fikri menga tin- chlik bermay qo‘ydi.
Bir yil o‘tgach, yana shu xona- donga yo‘limiz tushdi. Yana o‘sha samimiyat, o‘sha iliqlik, o‘sha mehr-oqibat. Bu safar ular to‘g‘risida imkon qadar ko‘proq narsalarni bilib olishga harakat qildim. Xonadon sohibi Foziljon Sharafutdinov 1940 yilda tug‘ilgan. Garchi Farg‘ona pe- dagogika institutining jis- moniy tarbiya fakulьtetini bitirgan bo‘lsa-da, o‘sha pay- tlarda maktabda ish tankis- ligi sababli, dastlab tuman gaz ta'minoti idorasida haydovchilik qilibdi, keyin sav- do sohasida ishlabdi. Lekin, umrining asosiy qismi meva- cheva sabzavot tayyorlov baza- sida kechibdi va shu yerdan nafaqaga chiqibdi.
Foziljon otani Kuvada ta- nimagan odam yo‘q hisobi. Kuva markazidagi uylari bu- zilib, "Tinchlik" mahallasi- ga ko‘chib o‘tganlariga, 33-34 yilga borib qolibdi. Salkam o‘ttiz yil tevarak-atroflar- dagi savxozlar va xonadon- lardan meva va sabzavotlar- ni kabul kilib olib, Rossi- yaning eng sovuq o‘lkalariga- cha jo‘natib turish bilan shu- g‘ullangan. O‘sha yillarning kuvonchlari ham, g‘amu tash- vishlari ham ko‘p bo‘ldi. Ota- ning peshonasidagi chiziqlar balki shularni o‘zida aks et- tirib turgandir.
Foziljon ota bog‘dorchilik- ka o‘zgacha mehr qo‘ygan. Har bir mevali daraxtni o‘z far- zandidai avaylab-asraydi. U payvand qilgan daraxtlar bexato rivoj olib, xash-pash deguncha mevaga kiradi.
Rafiqasi Xolisxon aya bi- lan bir yostiqqa bosh qo‘yi- shib, turmushning issiq-sovu- gini birgalikda tortib ke- lishayotganlariga 42 yil bulibdi. Xolisxon Sharafut- dinova Fargona pedagogika institutini boshlang‘ich ta'- lim yunalishi bo‘yicha biti- rib, kuva tumanidagi 84-max- sus maktab-internatda 35 yil ishlab, hozirda qarilik gashtini surayotibdi. Ular birgalikda 5 nafar-3 kiz va 2 o‘g‘il farzand o‘stirishdi. Hozirda hammalari o‘zlari- dan tinib-tinchib ketishgan. - Qizlardan ham, o‘g‘illardan ham ko‘pdan-ko‘p rozimiz. Um- rlaridan baraka topishsin, deya alkab duo kiladi Fozil- jon ota. -Xozirda nabirala- rimiz 14 nafarga yetdi. Bay- ramlarda, to‘ylarda hammala- ri yigilib kelishsa bormi, uyimizda shodiyona bo‘lib ke- tadi. Kelinlarimiz o‘z qizla- rimizday bo‘lib ketishgan. Ku- yovlarimiz ham bir-birlari- dan yaxshi, bir-biridan a'lo.. Sharafutdinovlar xonadonini faxr bilan o‘qituvchilar xonadoni ham deb aytishadi. Onalari izidan borgan uch nafar qizlarining barchala- ri o‘qituvchi. Diloromxon va Dilfuzaxonlar Ulugbek no- midagi Fargona pedagogika universitetini bitirib, rus tili va adabiyoti fanidan Dars berayotgan bo‘lsalar, Gul- Noraxon 17-sonli maktabda boshlangich sinflarga dars beradi. Katta kelinlari Ruzaxonni o‘zlari hozirgi Fargona pedagogika univer- sitetida o‘qitishdi. Qaynona- si ishlagan maxsus maktab- internatda bolalarga boshla- ngich ta'limdan saboq beradi. Xozir uchunchi qizini tug‘ib, onalik ta'tilida o‘tiribdi. Ikkinchi kelinlari Nigora- xon esa hamshira. Tuman ka- salxonasida ishlaydi.
- Oilaning daromadi yomon emas shekilli, -so‘rayman hovlidagi "Moskvich" va "Ji- guli" markali mashinalarga ishora qilib.
- Oilamizning topish-tutishi xavas kilgudek. Katta o‘g‘limiz tenderda yutib chiqib, yer ega- si-mulkdor ham bo‘lib oldik. Bu yil 30 gektar yerga paxta ekkan edik. 100 tonnadan or- tik xosil oldik. Topshiriqni ortigi bilan bajaribgina kolmay, hosilning hammasini yuqori navga topshirishga erishdik, -deydi xursand bulib Foziljon ota. -Iil boshida 3 yil muddatga ban- kdan qarz olib, unga "TT3- 80" traktorini aravachasi bilan sotib olgan edik. Shu traktor bizga juda asqotdi. Xudo xohlasa, uch yilga cho‘zmay, qarzimizdan shu yil- ning o‘zida kutilib ketamiz. Yana anchagina joyga 1500 tup shaftoli, 200 tup gilos va 50 tup o‘rik ko‘chatlari ek- dik. Yaqinda ularni payvand qildik. Yangi bog‘ kuchga kir- gunga qadar ko‘chat oralari- ga ozuqabop va boshka reza- vor ekinlarni ekib, tirik- chilikni o‘tkazib turibmiz. 3-4 yil kuz ochib yumguncha o‘tib ketadi. Kelgusi yil- lardan boglarimiz quvvat olib hosilga kirishi bi- lan daromadimiz yanada or- tadi. Hozircha ko‘chat nihol- larini bozorga chiqarmoq- chimiz. Oilamiz bilan halol mehnat qilib, o‘yla- gan orzu-havaslarimizga asta-sekin yetishmokdamiz. Ha, aytgancha, yengil mashina- larga kelsak, ularning ik- kalasi ham mukofotga be- rilgan, -deydi Foziljon ota va qiziqishim yanada osh- ganini fahmlab, tushunti- rishga harakat qiladi. "Moskvich"ni 1978 yilda Menga mukofotga berishgan. Oradan 5-6 yil o‘tib, xolan- gizga uzoq yillik samara- li mehnatlarini inobatga olib, o‘qituvchilar kunida tumanimiz xokimi shaxsan o‘zlari "Jiguli" mashinasi- ning kalitini qo‘llariga tu- tkazganlar. "Mehnat qilgan qadr topadi", - deb shunga aytsalar kerak-da.