ULUG` SAVOD YO`LIDA

By Paxlavon SODIQ, in 1991

Taqsir, «Savod ul- a`zami qachon, kimning tashabbusi bilan tashkil etildi!
- «Savod ul- a`zam» o`tgan yilning yanvarida O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari Diniy bosh- qarmasining Farg`ona vodiysi bo`yicha vakili Abdurauf hoji tashabbusi bilan Namangan shahrida tashkil topdi. Shundan so`ng biz Omonullo hoji Tojiboy o`g`li ishtirokida viloyatlarga borib, muslim musulmanlar orasida uyushmaning maqsad vazifalarini targ`ib qildik va bu say harakatlarimizning natijasi o`laroq, joylarda Savod ul- a`zam» ning shohobchalari tashkil etila boshladi. Hozir uyushmaning 55 ming a`zosi bor. Ayniqsa, Samarqand viloyatining imom xatibi Mustafoqul hojining tashabbusi bilan o`n mingdan ortiq musulmonlar bu uyushmaga a`zo bo`lishdi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Imom at-Termiziy masjidi, Qirov tumanidagi Yangiariq, Hasanboy qishlog`idagi masjidi Jome`da ham bu sohada yaxshi tashkilotchilikda tartibotchilik ishlari olib borilmoqda.
- «Savod ul- a`zam» jamg`armasiga tushgan pullar qanday xayriya maqsadlariga sarf etilmoqda
- Yig`ilgan badal pullarining 10 mingdan ko'prog`i joriy taqvim bo`yicha Yangi yil arafasida nogironlar, yetim-yesirlar va beva -bechoralarga tarqatib berildi. Bundan tashqari, Buxorodagi Mir-arab hamda Toshkentdagi Imom Buxoriy madrasalarida Tahsil olayotgan talabalar, «Savod ul a`zam» hisobidan «Islom nuri» va ⟪Movarounnahr musulmonlari»- diniy-ma`rifiy nashrlariga bepul obuna qilindilar. Kelgusida talabalarga Qur`oni karim va Hadisi sharif kitoblarini hadya qilish niyatimiz ham bor.
- Uyushma rasman ro`yxatga olinib, Nizomi tasdiqlanganmi!
- Uyushmamiz hali ro`yxatga olinganicha yo`q. Ammo uning hozir ham o`z nizomii, a`zolik guvoh- nomasi bor. Nizomga ko`ra, uyushmaga a`zo bo`lgan musulmonlar har oyda kamida bir so`mdan ba- dal puli to`lab boradilar. Biroq "Savod ul-a`zam» xayriya jamiyati bo`lgani sababidan a`zolik badallarining miqdori qat`iy belgilab qo`yilmagan. Istagan kishilar o`z imkoniyatlaridan kelib chiqib, ko`proq xayr qilishlari ham mumkin. Islom dini da`vat etgan xayrli tadbirlarni amalga oshirishga kirishgan «Savod ul- a`zam» uyushmasining mo`min-musulmonlarga moddiy va ma`naviy madad ko`rsatuvchi katta bir jamiyatga aylanib borayotgani, shubhasiz, quvonarli bir hodisadir. Umid qilamizki, uyushma yaqin kunlarda hukumat tomonidan rasman ro`yxatga olinib, katta quvvatga ega bo`ladi va og`ir ahvolda qolgan birodarlarimiz, yetim -yesirlar hamda beva-bechoralarga pusht- panoh bo`lib xizmat qiladi.