Tozalik – tani sog’lik

By Zuxra Kurbonova, …, in 2008

...Ovqatlangani oshxonaga kirdingiz. Peshvoz chiqqan oshxona xodimi sizni bo‘sh stollardan biriga boshlab boradi va shosha-pisha ko‘li- dagi xo‘l latta bilan stol us- tini artishga tushadi. Kirdan koraygan latta va xodimning dog duga yenglariga ko‘zingiz tushib, ijirg‘anasiz. Xodim patnisda ko‘tarib kelgan non- larni yuvilmagan qo‘llari bilan olib, stoldagi likob- chaga ko‘yganida ishtahangiz batamom bo‘g‘iladi.
...Ozik-ovkat do‘koni. Sotuv- chi siz aytgan sariyog‘dan taro- ziga ko‘yganida ketma-ket aksi- rib yuboradi (yuzini chetga burib, aksirganda ham mayli edi).. Ko‘lini burniga tekki- zib, artgan bo‘ladi-da, sariyog‘-
ni polietilen xaltachaga sola boshlaydi. Do‘kondan chikkan bo‘lsangiz-da, aksirib, burni- ni ko‘llari bilan artgan va shu kuyi sizga sariyog‘ o‘lchagan so- tuvchi bot-bot esingizga tusha- di. Yana ijirg‘anasiz.
... Bozor rastasi. Ikki to- mondagi peshtaxtalarda tort, pirojniy, turli pishiriqlar sotayotganlar sizni xaridga chaqirishadi. O‘tgan-ketganlar, yuk aravachalari tapir-tupuri- dan ko‘tarilgan g‘ubor peshtax- ta ustiga yopiriladi. Sotuvchi- lar esa chang-chung ostida kolgan "asl" tortlarini maqtashdan to‘xtashmaydi.
Aminmanki, ta'bni xira kiladigan bunday manzaralar- ga har qaysimiz duch kelganmiz. Har qancha ijirg‘ansak-da, dami- mizni ichga yutib, qo‘l siltab ko‘ya qolganmiz. Bu bilan o‘zimiz o‘z sog‘ligimizga qo‘l siltagani- mizni hammavaqt ham anglab yetavermaymiz. Birinchi manzaraga e'tibor- ni qarataylik. Aslida oshxona- da stol ustini artib, tartibga soladigan xodima alohida va xo‘randalarga taom tortuvchi xo- dim aloxida bo‘lishi kerak. Le- kin kaysi oshxonaga kirmang, xizmatchi stolni qoldiq ovqat- lardan yengilgina tozalagan bo‘ladi-da, qaytib kelib, sizga non, taom tutadi. U har safar kir lattani ishlatib bo‘lgach, kulini obdan tozalab yuvadi, deb o‘ylaysizmi? Shaxsan men buni ko‘rmadim. Nari borsa, ol- diga tutilgan peshbandiga ko‘li- ni chala-yarim artadi-da, yana ta- omga ko‘l uradi. Bir paytlari rusum bo‘lgan oq xalat, oq qal- poklar hozir "moda"dan qolgan shekilli, aksariyat xizmatchilar uy kiyimida yurganini ko‘rasiz. Darvoqe, tozalikka mas'ul sa- nitar hakimlarning fikricha, stol usti, choynak-piyola, idish- tovok, tozalanadigan latta ok dokadan bo‘lib, xlorli suvda toza chayilishi, so‘ng ishlatili- shi lozim. Ammo amalda...
Hozir ayni qish pallasi. Sha- mollash, gripp kasalligiga cha- linganlarni har qadamda uchra- tasiz. Jamoa bilan ishlaydi- ganlar orasida bu kasallik nis- batan ko‘p uchraydi. Sotuvchilar ham shu toifaga kirganlari uchun ulardan ogiz-burnilariga max- sus nikob tutishlari talab qilinadi. Afsus... Ikkinchi manzarada keltirganimiz kabi nikob tutish u yoqda tursin, od- diy sanitariya qoidalariga rioya kilmaydigan sotuvchilar ham uchrab turadi. Yo‘talib, aksi- rib, xizmat ko‘rsatayotgan sav- do xodimlari mahsulotga qo‘shib o‘z kasalliklarini ham xaridorga ko‘shqo‘llab tutqaza- yotganlarini tushunib yetarmikanlar?..
Uchinchi manzara ham sizga be- gona emas. Agar ikkilansangiz, hozir ham Buxoro shahridagi xoxlagan bozorga kiring. Qan- dolatchilik, pishiriqlar ras- tasidagi turli xil tort, pi- rojniy, keks, pechenьelarning istalgan turini topasiz-u, ammo ustiga doka yopilgani yoki kutiga solib, qopqog‘i berkitilganini topishingiz amrimahol. Ma'lumki, tort mahsulotlari asosan marga- rin, sariyoglardan tarkib top- gani uchun chang-chung, g‘uborni o‘ziga tez kabul qilib oladi. Egilib, mahsulotni ko‘zdan ke- chirganingizda ust-boshingiz- dagi chang, gardlar to‘kilmas ligiga, yurganingizda oyoq os- tidan ko‘tariladigan ko‘zga ko‘rinmas chang-g‘uborlar mahsulotga tushmasligiga hech kim kafolat berolmaydi.
Xullas, toza, sog‘likka ziyon yet- kazmaydigan mahsulot tanovvul kilaman, desak sotuvchilardan sa- nitariya-gigiena qoidalariga rioya etishlarini talab qilish- ga haqlimiz. Ammo negadir bu soxaga mas'ul sanepidmarkaz hakimlari ham yetarlicha talab- chanlik ko‘rsatmayaptilar.