Ko’ngil ko’ngildan suv ichsin
Muborak opa Tosheva uzoq yillar maktabda mual- lima, bogcha mudiri bo‘lib ishladi. 5 nafar far- zandini turmush o‘rtog‘i Nabi aka bilan uylik-joy- lik qilib, qator-qator nevaralar ko‘rdi. Nafaqaga chiqib, endi qarilik gashtini suraman deganda ka- sallikka yo‘liqib, to‘shakka mixlanib qoldi. Tabia- tan sho‘x-shodon, san'atni jon-dilidan sevuvchi, raqs tushganda davrani lol qoldiruvchi o‘t-olov ayol go‘yo kulga aylandiyu so‘ndi-qoldi. Ustozning ogirlashib kolganini eshitib maktabdosh dugonam Rahima bilan ko‘rgani bordik. Meni yo‘qlab kelgan o‘quvchilarimdan aylanay, -dedilar Muborak opa ko‘zlariga yosh olib, uzzukun ko‘zlarim yo‘lda, yuzlab bolalarga savod o‘rgatganman, qani endi bittagina- si yuklab kelsaydi, deb jonim halak.
Bizlarni noqulay axvoldan qutqarish uchunmi, su- ratlar alьbomini qo‘lga olib varaqlay boshladi, - Qiladigan ishim surat ko‘rish bo‘lib qoldi. Ularga boqib, o‘tmish xotiralarni yodga olaman. Qiziq kizik vokealar esga tushib, kulgim keladi, ko‘ngil yorishadi. Eh, umr g‘animat ekan, qizlarim, bir-bir- laringni tez-tez yo‘qlab turinglar, salomatlik qad- riga yeting.
Bu gaplarning ma'nisiga yoshing ulg‘aya borgach, oq-qora- ni farklay oladigan pallaga yetgach tushunar ekansan. Endi o‘ylab qarasam, nafaqat Muborak opa, balki Zakiy Gaynullin, Zufar Muxammadjonov, Abror Axro- rov, Safiya Sattorova, Hayot Saloev kabi jonkuyar, fidoyi muallim-ustozlarim ham necha yillar bemor lik to‘shagida nogiron bo‘lib hayotdan ko‘z yumishgan ko‘ri- nadi. O‘shalar ham balki muallima opamizdek yo‘lla- rimizga intiq bo‘lib ko‘z tutishgandir, sog‘inch ila su- ratlarimizga ko‘z tikishgandir, vidolashuv onlarida farzandlari qatorida biz, o‘quvchilarni ham xayol ko‘zgusidan bir-bir o‘tkazishgandir. Ularning dardmand bo‘lishlarida ozmi-ko‘pmi "hissasi bor"- biz, gofil shogirdlar esa ta'ziya marosimida bir chekkada pik- piq ko‘z yoshi to‘kishdan boshqaga yaramadik.
Endi ular bilan mangu xayrlashib, qadrlarini anglay boshlagach, bir zum o‘zimizni ular o‘rniga qo‘yib tasavvur qilaman: tanaga mahkam o‘rnashgan dard jon- ni zulukdek so‘rmokda. Kun-uzzukun shiftga termulib kechagina yonma-yon saboq tinglagan maktabdosh do‘stla- ringiz, bir safda qadam tashlagan hamkasblaringiz, yoru birodar, og‘aynilaringiz ko‘z o‘ngingizdan o‘tave- radi... Kimgadir kerak, kimgadir tirgak bo‘lgan pay- tlaringiz yodga tushib, ohista xo‘rsinasiz, o‘zingizni garib notavon sezasiz. Bir chetda yotgan keraksiz buyum xam sizdan afzaldek tuyuladi.
Bu tasavvurdan har qanday kishining eti junjiki- shi tabiiy. Bu hali hayoliy tasavvur, hech kimga ko‘rsat- masinu ammo buni hayot deydilar, hayotda esa har narsa bo‘lishi mumkin...
Romitanda Toshpo‘lat Qodirov degan sobiq suv xo‘ja- ligi boshligi bo‘lardi. Qo‘shni yashaganimiz uchun yaxshi bilaman, kunu tun uyida topilmasdi, tong sa- harda olib ketgan xizmat mashinasi Toshpo‘lat akani qachon qaytarib uyga olib kelishini birortamiz kurmasdik. O‘z sohasini yaxshi bilgan yetuk mutaxas- sis bo‘lgan bu odam yurak xurujiga chalindiyu, uyda yotib koldi. Sal oyoqqa turgach, darvoza oldida o‘rin- diqqa chiqib o‘tiradigan, o‘tgan-ketganni kuzatadigan bo‘ldi. Biror tanish o‘tib qolsa rahmatlik darrov yoniga chaqirar, tumandagi yangiliklarni obdon su- rishtirar, paxta tayyorlash qanday boryapti, suv taq- chilligiga barham berildimi barchasiga qiziqib ko‘rardi. Hayotga, mehnatga, odamlarga tashnalik um- rining oxirigacha tark etmadi Toshpo‘lat akani.
-Endi atrofimizga bir nazar tashlaylik, sizu bizga, xayotga, mexrga tashna insonlar kammi oramizda? Ular- ning dardlariga oz bo‘lsa-da malham, dillariga madad bo‘lish uchun biz, sog‘-omon kishilar nima qildik: bir kosa ovkat ko‘tarib ostonasidan xatladikmi, yoki noyob dori-darmonlarni topishda ko‘maklashdikmi, bayram, xayitlarda birrov yo‘qlab kirdikmi? Chuqurroq o‘ylab qaraylik, kechagina qo‘limizdan tutib, bizga yozishni, chizishni o‘rgatgan olim bugun qay ahvolda, birga ish- lagan hamkasblar, maktabdosh, kurs- dosh do‘stlaringiz orasida dardmandlar, beva-bechoralar yo‘qmi.... Vaqt borida, umr ganimatida ular huzuriga shoshaylik, hech bo‘lmasa bir kalima iliq so‘zimiz bilan ular ko‘ngliga iliklik baxsh etaylik. Sizga minnatdor tikilgan ni- goxlarni ko‘raman desangiz hoziroq yo‘lga otlaning, toki ko‘ngil ko‘ngildan qonib suv ichsin,