Imkoniyatlar uchun rahmat!

By Mexriddin Shukurov, …, in 2008

2008 yilning "Yoshlar yili" deb nomlanishi barcha tengdoshlarimiz qatori mening ham kuvonchimga kuvonch qo‘shdi. Yoshlarga yaratilayotgan imko- niyatlar, imtiyozlar har birimizning orzu-o‘ylarimizni amalga oshirishimizga katta ragbat bo‘ldi. Prezidentimizning "Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashta doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni bu yo‘ldagi ishlarimizni yanada rivojlantirdi. Birgina "imtiyozli kredit" olishning o‘zi qanchadan-qancha tengdoshlarimiz hayotiga o‘zgarish, farovonlik va sobitqadamlik baxsh etdi. Ha-da! O‘ziga ishongan odam hamma ishga, hayotga "ochik" ko‘z bilan qaraydi, baxtli ke- lajakni yaratish uchun bor kuchi bilan xarakat qiladi. Bu elu yurtga, do‘stu yorga, xeshu aqraboga, ayniqsa, o‘z oilasiga yaxshilik soginish demak!
Men yaqinda oila qurdim. Tuyimiz bo‘lib o‘tganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ikkimiz ham surxondaryolikmiz. To‘ydan keyin birinchi navbatda oilani boshqarish va uni mustahkamlash kabi vazifalar yelkangizga yuklanar ekan. Ota-onam bizni shuncha yil oq yuvib, oq tarab, o‘qitib, uylantirishganiga ming raxmat! Keyingi qadamni mustaqil tashlashimiz kerak. Biz ham imtiyozlardan foydalanib, uy olmoqchimiz. Jurnalistman, rejalarim olamjahon. Turmush o‘rtog‘im Ra'noxon menga jo‘rovoz. Nasib etsa, ikkimiz ham elimizning koriga yarab, bu yax- shiliklarga munosib javob qaytaramiz! Yangi yil barcha yurt- doshlarimizga xush kelishini tilab kolamiz!