Mehnatdan baxt toping

By Muxiba Oripovа, …, in 2008

Otam Oblakuljon Oripov koʼp yillar kolxozda brigadir boʼlib ishlaganlar- "Mehnat qaxramoni" ham boʼlganlar. Bir kuni oldilariga meni chaqi- rib: "Kizim men qarib qoldim. Sen ishimni davom ettir. Yerga mexr bersang, hayotingga baraka kiradi, el-xeshning kuniga yaraysan. Sen bu ishni olib ke- tolasan... -dedilar. Juda taь- sirlandim. Otajonim tumanda Ilgor dehqonlardan edilar. Bir kuni nasos orqali suv icha- digan yerlarini suv bosib, goʼza nihollarini nobud boʼlayotganini koʼrgan otamning yuragi ushlab kolgan va shu kasallik ularni bu dunyodan olib ket- di. Men esa otamning ishini davom ettirishga ahd qilib, "Muhibaxon Oripova" dehqon fermer xoʼjaligini tashkil qildim. 45 gektar yer olib, paxta va galla yetishtira bosh- ladim. Kilgan daromadimdan xoʼjaligimizdagi, "Xashman" mahallasidagi kam taʼmin- langan oilalarga yordam be- rayapman. Shuningdek oʼzim boshqarayotgan "Dilshod" bo- lalar bogchasining taʼmiri, kam-koʼstini ham bemalol eplayapmiz.2008 yildan esa hali umi- dimiz katta. Har gektar yerdan 60 s.dan paxta va 45-50 s.dan galla olish niyatidaman. Bar- cha yurtdoshlarimning ham mehnatdan baxt topishlarini ti- lab kolaman!