Baxtli oilaga aylansak

By Adiba Umirova, in 2007

Bitta qaltis qadamim baxtli xayotimni barbod qildi, deya ko‘ziga yosh oldi taxririyatimizga tashrif bu- yurgan Sarvinoz ismli ayol. - Asqar akam bilan oliygoxda birga o‘qib, sak- kiz yil sevishib turmush qurgandik. Bir-birimizga bo‘lgan ishonchimiz, sa- dokatimiz tufayli hech qachon shubha, rashk yuragimizga g‘ulg‘ula solmagan. Kaynota-qaynonamning sevikli keli- ni edim. Farzandlarim ketma-ket tu- g‘ilgach, erim: "Paxlavondek o‘g‘illar tugib berding", deb meni yeru ko‘kka ishonmay, asrab-ardoklardi. Erim ish- lab, pul topgani uchun men uyda bola- lar tarbiyasi bilan shug‘ullanardim. Bolalar ulg‘aygach, tashvishimiz ham ko‘paydi. Erimga mutaxassisligim bo‘yicha ishlashim lozimligini aytga». nimda, mahallamizda shaharlik ishbi- larmon odam qurgan magazinga sotuv- chilikka ishga joylashtirib qo‘ydi. Ishni boshlagan kunimdan boshlab, magazin xo‘jayini har kuni bir marta kelib, mendan xabar olib ketadigan odat chiqardi. Xo‘jayinning menga bo- kishlari bejoligini yurakdan sez- sam-da, o‘qimishli, madaniyatli inson bo‘lganligi uchun undan shubhalanmas- dim. Lekin yuragim meni aldamagan. Kunlarning birida xo‘jayin: "Sarvi- noz, men sizni yaxshi ko‘rib qoldim. Agar mening aytganimni qilsangiz ma- gazinni nomingizga o‘tkazib beraman. Fakat sevgimni rad etmang", - deya sev- gi izhor qildi. Men esa uning sev- gisini darrov rad etdim. — O‘tgan yili dekabrь oyida erim to‘sat- dan avtofalokatga uchrab qoldi. Erim- ni o‘lim changalidan olib qolish uchun dori-darmonlarga anchagina pul kerak edi. Boshimizga tushgan og‘ir kulfat- dan xabardor bo‘lgan do‘stu birodarla- rimiz bizga hamdardlik bildirgani bilan kunimizga yaramasdi. O‘shanda menga bitta odam, ya'ni xo‘jayin yor- dam berishi mumkinligini o‘yladim. Xo‘jayinning oldiga yordam so‘rab bor- dim. U kishi: "Ko‘nglimdagi ushalmagan armonimsiz. Agar men bilan yurishga rozi bo‘lsangiz joni-jahonim bilan yordam beraman", -degan gapni aytdi. Katьiy qarorga kelishim uchun xo‘jayindan uch kun muhlat berishini so‘radim. O‘shanda erim uchun hamma narsaga tayyor edim. Turmush o‘rto- gimga xiyonatim qanchalik ogir bo- tishini bilsam-da, bundan boshka choram kolmagandi. Shu payt bola- likdan birga o‘sgan dugonam Nodi- radan maslahat so‘rash xayolimga ke- lib koldi. Ertasi kuni Nodira- ning uyiga bordim. U bilan opa-sin- gildek bo‘lib ketganimiz uchun bir- birimizdan sir yashirmasdik. Erim- ning og‘ir ahvoldaligini, xo‘jayin- ning taklifini aytdim. Dugonam: - Eringning hayotini faqat badav- lat xo‘jayin saqlab qoladi. Uning shartiga ko‘ngin. Bo‘lib o‘tgan voqea- ni o‘la-o‘lguningcha hech kimga churk etma. Men ham bu sirni hech kimga aytmayman, - deb qasam ichgandi.
Uning maslahati bilan xo‘jayin- ning taklifiga rozi bo‘ldim. U kishi ham va'dasida turib, magazin- ni nomimga o‘tkazib berdi. Magazin- dan tushgan pullarni ham olmadi. Erim sog‘ayib, shifoxonadan yarim jon bo‘lib chikdi. Xo‘jayinning il- tifotini esa odamgarchilik, hotam- toylik deb tushundi. U odamga avval- gidan ham ko‘proq hurmati oshdi. Erim bilan hech narsa bo‘lmagandek bir yil yashadim. Xo‘jayin ham bir yil mobaynida gapimga ko‘nib, men bilan bo- shka uchrashmadi.
"Kingir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi", degan naql bejizga aytilmagan ekan. Dugonamga savdo-sotiq qilish uchun pul bergandim. Pulni so‘rab uyiga bor- ganimda, o‘rtamizga sovuqchilik tushdi. Karzni qaytarmaslik evaziga, o‘sha kuni erimga telefon qilib:
- Farishtam deb sig‘inib yurgan xoti ningiz sizga xiyonat qildi. Yashayotgan hashamatli uyingiz xo‘jayinning zar- zevari bilan bunyod bo‘lgan. Gaplarimga ishonmasangiz, xotiningizning o‘zidan so‘rab ko‘ring,- debdi.
Ishdan qaytgach, erimni tushkin ahvol. da ko‘rib qo‘rqib ketdim. Menga hech nar- sa demay, ikki kecha-kunduz uxlamay si- • qilib chikdi. Uchinchi kuni uyimizga ota- • onamni, qaynota-qaynonamni chaqirtir- « - di. Yuragim nimanidir sezgandek, shu- villab ketdi. Asqar akam:
-Sarvinoz, meni hali ham sevasan- • mi?-deb so‘radi.
— Ha, dedim hech ikkilanmay
- Agar muhabbating rost bo‘lsa, Kurьo- • ni karim haqqi hurmati, umringda bi- ror marta ham menga xiyonat qilmagan san-a... Kitobni qo‘lingga olib, rosti- - ni aytsang, sen bilan yashayman. Yolgon - gapirsang yashamayman, deb muqaddas kitobni qo‘limga tutqazdi. Men esa nima deyishni ham bilmay dovdirab koldim. Bir yildan beri turmush o‘rtog‘imni aldab yashayotganimga vij- donim kiynalib kelayotgani uchun endi aldashga kuchim yetmasdi. Asqar akam meni to‘gri tushunadi, deb bo‘lib utgan vokeani boshdan oxir aytib berdim. Sirimdan ogoh bo‘lgan qarin- dosh-uruglar mendan yuz o‘girishdi. Bolalarim bundan xabar topmagan bo‘lsa-da, ularning ko‘ziga tik qarolmay qoldim. Men-xiyonat- kor, nobakor ayol bunday sharman- dalikdan so‘ng ko‘chaga ham chiqol- may qoldim.
Erim o‘sha kundayoq:
- Sarvinoz, shu paytgacha meni fakat bu dunyoda sening mexr-mu- habbating ushlab turgan. Endi menga yashashning qizig‘i qolma- di. Xiyonatingdan farzandlari- miz xabar topmasin. Sendan far- zandlarim nafratlanishini xoh- lamayman,- deb to‘nini yelkasiga tashlagancha uydan chiqib ketdi. Oradan olti oy o‘tdi. Erimdan biror xat-xabar yo‘q. Izlamagan joyimiz qolmadi, Topolmadim. Kaynota-qaynonam ham mendan yuz o‘girgan. Do‘stim, deb ishonib yur- gan dugonam ilonning yogini yala- gan ekan, meni baxtiqaro qildi. O‘z nodonligimdan xafa bo‘lib ketayapman. Boshimga tushgan ko‘rgiliklardan xabar topgan xo‘jayin:
- Siqilmang, sizni avvalgidek yaxshi ko‘raman. Farzandlarin- gizni uyli-joyli qilaman,-deb izlab kelibdi.
Uni uyimdan haydadim. Bola- larimning:
Oyijon, dadajonimiz qachon ke- ladi? Juda sog‘indik, degan savol- • lari meni adoi tamom qilayapti. • Erim gunohimdan o‘tmasa-da, farzan- dlarim xakki-xurmati uyiga qayti- shini kutayapman.
Sarvinoz opaga: «Eringizga xiyo- • nat qilib, yaxshi ish qilmabsiz. Turmush o‘rtog‘ingiz sizni kechiri- shini Xudodan so‘rang. Xo‘jayinni • uydan haydab to‘g‘ri ish qilibsiz», - deyishdan boshqa so‘z topolmadim. - Balki yuqoridagilarni o‘qib, siz- da ham biror fikr tug‘ilib qolgan • bo‘lsa yozib yuborarsiz