Xizmati elga manzur
Toshkent viloyati, Bekobod tuman markaziy shifoxonasi bo‘lim mudiri Mirzoqul Rah- matovning shifokorlik fao- liyati uzok bolaligidan bosh- langan desak, lof bo‘lmaydi. U kishining Turdixol ismlik enasi, ya'ni onasining onasi mashxur tabib bo‘lgan ekan. O‘n to‘qqiz yoshida bir kiz bilan beva kolgan ayol bor umrini yolgiz jigargo‘shasini tarbi- yalash va odamlar xizmatiga bag‘ishlaydi. Qishloq keksala- rining aytishicha, u juda bi- limli-ilmli tabib bo‘lgan. Bemorlarni uqalab, dam so- lib, turli giyoxlar bilan da- volagan. Singan-chiqqan suyak- larni joyiga solgan, tug‘ayotgan ayollarga doyalik qilgan. Eshigiga umidvor bo‘lib kelgan xastalarga hech qachon befark bo‘lmagan, chaqirishsa, uzoq- YaQIN, ISSIQ-sovuq demay yetib borgan. Takdirning shafqatsiz - o‘yinini qarangki, uning qizi Bozorxol ham yigirma to‘rt yoshida, uch bola bilan beva bo‘lib qoladi. Turdixol tabib kizi, nevaralarini o‘z bag‘riga olishga majbur bo‘ladi. O‘sha chok- da hali kichkina bo‘lgan Mirzo- kul shu tariqa enasining qo‘li- da katta bo‘ladi. U enasini juda yaxshi ko‘rar, undan bir qadam xam ajralishni istamasdi. Mir- zokul kichkina bo‘lishiga qara- may, xuddi saboq olayotgan ta- labadek bemorni davolayotgan enasining harakatlarini qo‘rqmasdan, diqqat bilan kuza- tib o‘tirardi. Maktabda o‘qib yurgan kezlari sinfdoshlari- ning ogrigan joylaridagi nuq- talarni topib, uqalash yo‘li bilan davolashga uringanlari- ni hozir kulib eslaydi. O‘n-o‘n ikki yoshlarida enasi bandalik- ni bajo keltiradi. Undan shifo topgan odamlar so‘roqlab izlab kelaverishadi. Onasi- ning o‘rniga davolashini ilti- mos qilishib, qizi Bozorxol- ni xoli joniga qo‘yishmagach, u xam tabiblikni davom ettira- di va Turdixol tabib kabi el orasida xurmat-e'tibor topadi. Shunday qilib, Mirzoqul ikki ajoyib tabibning tarbiyasini olib voyaga yetadi. ToshMIda o‘qiydi. 1971 yildan ona qish- logida tish doktori bo‘lib, so‘ng tuman markazidagi shifoxona- da ishlay boshlaydi. Bugungi kunda uning uchta farzandi kas- bini davom ettirmokda. Bundan tashqari akasi Xushvaqt akaning ham ikki o‘g‘li shifokor.
Utgan ajdodlarining ruhi, e'tiqodiga sadoqatli insonlar- ni xech kachon g‘ayrat-shijoat tark etmasligini oliy toifali shifokor Mirzoqul Rahmatov xayoti isbotlab turibdi.