Payg`ambarimiz hadislaridan birida shunday lutf etiladi.
Payg`ambarimiz hadislaridan birida shunday lutf etiladi: «Xizmatchilarga yaxshi muomalada bo`lish-barakadir, axloqsizlik - shumlikdir, ayol kishiga itoat qilmoqlik - nadomatdir, sadaqa esa baloni qaytaruvchidir». Darvoqea, yetim-esirlarga, zoriqqan, muhtoj kimsalarga hayr-sadaqa qilish har bir mo`min-musulmon uchun farz, iymonga quvvatni darj etuvchi savobli ishdir. Hamma zamonlarda madadga muhtoj kishilar bo`lgan va ularga rag`bat nazari bilan qarash insoniylikning eng oliy sifatlaridan sanalgan. Ayniqsa, iqtisodiy qahatchilik hukm surayotgan bugungi kunda ko`plab xayrli ishlarning yo`lga qo`yilishi odamlardagi mehr-muruvvat, saxovat va shafqat Xislarining uyg`unlashuvidan dalolat beradi, desak yanglishmaymiz. Shu ma`noda O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari diniy boshqarmasi qoshida faoliyat ko`rsatayotgan «Savod-ul-a`zam» xayriya uyushmasi amalga oshirayotgan ishlar ham diqqatga sazovordir. Biz uyushma faollaridan Abdufattoh Nabixo'ja o`g`li bilan suhbatda bo`ldik.