“Yaxshi niyat” jonimdan to’ydirdi

By Adiba Umirova, in 2007

Erim lotereya jinnisi. Ishxonasidan yangi yilga deb bergan mukofot pulining ham- masiga "Yaxshi niyat" sotib olib kelibdi. Lotereya ishkibozligiga ham chidasa bo‘ladi. Agar lotereyasidan yutuq chiqmasa, "Lotereya olib kelmang, deb javraganding-a. Sening kasofating uddi. Hech narsa chikmadi", deb meni uradi. Axir chiqaradigan qizi, uylantiradigan o‘g‘li bo‘la turib, erimNING lotereyabozlik kilib yurishi jonimdan tuydirdi, - deya qo‘ng‘iroq qildi Hanifa, ismli ayol.
- Yaxshi niyat yarim davlat, deydilar. Sabr kiling-chi?..
Kutishning ham chegarasi borda. Lotereyaga ishonib, uyimizdagi bor-yo‘g‘imizdan ayrildik. O‘tgan yili erimning o‘rtog‘i kelib: "Toshkent- dan lotereya sotib oli- shing bexuda. Hamma mashina Andijonda sotila- digan lotereyalarga qo‘yilgan emish", degan gapni topib keldi. Bu gapni eshitib, erimning "paytavasiga kurt tushdi". Andijonlik o‘rtog‘iga telefon kilib, meni, 3 bolam- ni yetaklab lotereya o‘ynagani olib ketdi. Yig‘ib-terib qo‘ygan bor pulimizni bir oy yemay-ichmay, lotereya o‘ynadik. Shuncha lotereyalardan bolamga bittagina xo‘rozqand chiqsa ham alam qilmasdi. Andijondan ham quruq ko‘l bilan qaytdik. Uyga kelsak, uyimizga o‘g‘ri tushibdi. Bor yo‘g‘imizdan ayrilganimizni ko‘rib qaynota- qaynonamning fig‘oni falakka ko‘tarildi.
Mahallakuyni, qarindosh-uruglarning yordami bilan eringizni bu yo‘ldan qaytarsangiz bo‘lmaydimi?
Erimga: "Bu lotereya balosi kaydan chikdi, bizni xona- vayron kildi. Keling, ota kasbingiz ustachilikni davom ettiring. Men boy xotin bo‘lish- ni istamayman", desam, erim: "Ey, tovukmiya xotin, ko‘rasan, ku- tilmaganda boyib ketamiz. Mashinamiz bo‘ladi. Bolalarimiz xam baxtli yashashadi", deb xom xayol suradi. Ham erimdan, xam lotereyadan kuyib o‘tiribman. Erimning oxiri yo‘q mashmashalariga qo‘limni siltab, 3 bolamni yetaklab, ota uyimga ketib qoldim. Oradan bir oy o‘tgach, erim: "Endi lotereyani kulimga olmayman. Yana o‘yna- sam, erkak emasman. Maoshimni oyma-oy qo‘lingga keltirib beraman. Faqat uyga kayt, sensiz, bolalarimsiz yasholmayman", deya kechirim so‘ragandi. Ammo o‘rtog‘i "Yaxshi niyat" menga avtomobil sovg‘a qildi", levizordan chiqqach, erim o‘zini ko‘yarga joy topolmay koldi. Mashina "kul- luk bulsin"iga borganimizda o‘rtog‘i hech qanday yutuq yutmagan, yangi potereyani reklama qilish uchungina televizorga chiqqan ekan. Erim shundan xam xulosa chiqarmaydi. Uni bu yo‘ldan qanday kaytarsam ekan...
Hanifa opa, siz sabrli bo‘ling. Kuda-andali bo‘lgach, eringiz bu qiliqlaridan uyaladi, - deb unga taskin bermoqchi bo‘ldim. Ammo ko‘pdan ko‘p fikr chiqadi... Muxlislarimiz bu ayolga qanday maslaxat berisharkin