Kelin emas, shayton ekan
Men Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashayman. Ismim Mavluda. Ukamning taqdiri, oilamizga qilingan hurmatsizlikka kuyinib, o‘ylay- uylay bu yerga keldim.
- Oilangizda biror no- xushlik sodir bo‘ldimi?
Ha, asti so‘ramang. Ota- onam yettita farzandni tarbi- yalab, uyli-joyli qildi. Ammo kenja ukam o‘n besh yoshga kirganida otam vafot etib qoldilar. Shu sababdan yolg‘iz onamning uni o‘qitishga imko- ni bo‘lmay hunarli qildi. Biz jigarlar birikib ukamiz- ni uylantirib ko‘ydik. Orzu -havasli to‘y qildik. Lekin kelinimiz ikki oydan keyin otasinikiga ketib koldi.
- Eri bilan oralarida bi- pop gap o‘tgandirda.
Yo‘q, hech qanaqa gap-so‘z bo‘lmagan. Ertalab ukamni ishga kuzatgan, onam betob bulib yotgan ekan. Peshinga yaqin qo‘lida og‘ir yuk bilan bir mashinaga o‘tirib ketganini qo‘shnilar ko‘rishgan ekan. Kechkurun ishdan qaytgan ukam kelavermagach onasining uyiga qo‘ng‘iroq qilib so‘rasa o‘sha yokda ekan. Kelib qolar, deb ikki-uch kun kutdik, keyin o‘rni sovimasin deb men bi- lan opam olib kelishga bordik. Shunda kelin ukamning o‘zi kelib olib ketishini xoxadi. Ertasi kuni ukam borsa, adasi "Qizim siz bilan yashamaydi", deb jo‘natib yuboribdi. Bu javobni olib kaytib kelgan ukamdan oralaringda biror gap o‘tganmidi, deb so‘radik. U shu paytgacha ko‘shilishmaganini aytdi. Yaqinlashsa kiz to‘polon qilib, "O‘zimni o‘ldiraman", deganmish. Shundan keyin ukam kelinga, "Ertaga ginekologga olib boraman", degan. Kelin esa ertasigayoq juftakni rostlagan. Aslida to‘ydan keyingi kunlar ukamning nimadandir siqilib yurganini sezgandim. Sababini so‘raganimda, "Opa keliningiz telefondan bo‘shamaydi. Kanakadir yigit bilan soatlab gaplashib o‘tira- di. Kimligini so‘rasam, «tog‘am- ni o‘g‘li», dedi. "Tushunolmayap- man", - degandi.
- Kelinni kim topgan edi? Ovsinimning qarindoshi bo‘ladi. Bir oqibatli kiz kerak, deganimda shu qizni tavsiya qilgandi. To‘yga ozgina vaqt qolganda ular boshqa hovli olib kuchib ketishdi. O‘shanda ko‘nglimga, "to‘y arafasida ko‘chishganida bir sir bormasmi- kan?", degan fikr kelgandi. Keyin bilsak eski qo‘shnilari- ning birortasini to‘yga aytmabdi. Endi ulardan "Bu qizning to‘yi bo‘lganiga ajablandik, chunki xulqi yomon edi", - degan gaplarni eshitamiz.
- O‘rtaga mahalla faollarini, keksalarni solib yarashtirish- ga harakat qilmadinglarmi? - Juda ko‘p urindik. Oqsoqol- ning ham, qariyalarning ham. gapi kor qilmadi. Bizni taajjublantirgan narsa shu bo‘ldi- ki, o‘z zurriyodiga so‘zini o‘tka- 3olmagan ota-ona qizining buy- rugi bilan ish tutdi. Otaning o‘zi mol-mulkini olib ketishga kelib, bizdan bir og‘iz uzur so‘rash o‘rniga qizining u nar- sam yo‘q, bunim kam, degan gaplariga kulok tutib mojaro qilganini aytmaysizmi. Vaholanki biz uning narsalari tugul o‘zimiz qilgan sarpo-suruqqa xam teginmabmiz. To‘g‘ri, hozir to‘y qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Onamning nafaqa puli, ukam- ning halol qo‘l mehnati bilan topilgan pullar yelga sovrilgandek bo‘ldi. Ammo ular "Qizi qaytdi", degan nomus- ni o‘ylashmadi. Hali yana turmushga chiqmagan ikkita singli- sini o‘ylamagan opaning maq- sadini tushunmadik. Xullas ajrashib ketishdi. Yetmishdan oshgan onam betob bo‘lib qoldi. Ukam ham bu ko‘rgulikka siqilib ichadigan odat chiqardi. O‘g‘illariga kelin qidirayotgan ota-onalarga bu ishga nihoyatda mas'uliyat bilan qarashlarini maslahat bergan bo‘lardim. Keyingi paytlarda aslida xayosizlikning barcha ko‘chalariga kirib chiqib, keyin o‘zlarini "qiz bola" qilib, bir yigitning xayotiga changal solib nomlarini oklab oladigan "shayton"dar ko‘payib kolishgan